Siyosat

dayjest

YXHT DIIHB ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston va YXHT DIIHB mamlakatning 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatish zaruriyatini baholashni boshladi. Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari YXHT DIIHB tavsiyalarini saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq etish choralari ishlab chiqilgani uchun minnatdorlik bildirdi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari imtiyozlarini maqbullashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha komissiya tuzildi

Prezident farmoni bilan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. U imtiyozlarning iqtisodiyotga va sog‘lom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilib, takliflar tayyorlashi kerak.


dayjest

So‘nggi 5 yilda rublning O‘zbekiston eksport va importidagi ulushi sezilarli oshdi

Oxirgi 5 yilda Rossiya rublining O‘zbekiston eksportdagi ulushi 0,8 foizdan 5,3 foizgacha, importdagi ulushi esa 4,2 foizdan 7,6 foizgacha oshdi. 2023-yilda eksportning 79,5 foizi dollarda, 9,9 foizi yevroda amalga oshirilgan. So‘mdagi eksport va import ulushi mos ravishda 0,2 va 0,3 foizni tashkil etdi.


dayjest

Investor Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi uchun hali pul to‘lamagan — Davaktiv

2022-yilning may oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz davlat ulushi Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgani xabar qilingan edi. Ammo hozirda 58,5 foiz ulush davlat hisobida saqlanib qolmoqda. Davaktiv buni investor ko‘chmas mulk uchun mablag‘ni hali to‘liq to‘lamagani bilan izohladi.


dayjest

So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi sessiyada mustahkamlanib bormoqda

Markaziy bank e’lon qiladigan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket besh savdo kunidirki, pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta qariyb 84 so‘mga mustahkamlanib, 12 640 so‘mni tashkil qildi.


Jamiyat

dayjest

Toshkentga to‘rt vagonli yana 3 ta metro poyezdi keltirildi

Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi. Ular 7−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida harakatga chiqariladi. Bungacha shunday poyezdlardan 5 tasi keltirilgandi.


dayjest

Xorazm viloyatida chiqindi xizmati uchun tariflar oshirildi

Xorazm viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari narxi oshirildi. Endilikda Urganch shahri va Urganch tumani aholisi xizmat uchun bir oyda 5880 so‘m, Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlari aholisi esa 4592 so‘m to‘laydi.


dayjest

Jizzaxda “KamAZ” Spark mashinasining orqasidan qasddan kelib urgani ortidan do‘konga shikast yetdi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida “KamAZ” haydovchisi do‘kon yonida turgan Spark mashinasining orqasiga kelib urgan. Oqibatda mashinaga ham, do‘konga ham jiddiy zarar yetgan. Holat viloyat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.


dayjest

Toshkentdagi YTHda bir haydovchi jarohat oldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Monza va Nexia-1 avtomobillari to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi jarohat oldi.


dayjest

Toshkent va Farg‘onada Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlar qo‘lga olindi

Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi.


dayjest

1-iyunda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i plyajiga 10 mingta plastik o‘rdak tushiriladi. Ekovazirlik — qarshi

Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i 1-iyun kuni plyajiga 10 mingta o‘yinchoq o‘rdak tushirmoqchi. Ekologiya vazirligi bu kabi holatlar javobgarlikka sabab bo‘lishini bildirib, yangilikni “keskin qoraladi”.


dayjest

Namangandagi qamoqxonada mahkum o‘z joniga qasd qildi

Namangandagi jazoni ijro etish muassasasida giyohvand moddalar savdosi sabab qamalgan 24 yoshli mahkum o‘zini osib, vafot etdi. Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligini aytdi, Bosh prokuratura esa ma’lumotni rad etmoqda.


Sport

dayjest

Futzal bo‘yicha JCH o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi

O‘zbekistonda 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi. Shuningdek, ular uchun jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.


Jahon

dayjest

Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qilmoqda

Tailand 1-iyundan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar sonini 57 dan 93 taga oshirmoqda, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning qolish muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda.


dayjest

Gruziya parlamenti prezidentning “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi

Gruziya parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi rezonansli qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi. Hukmron partiya ommaviy noroziliklarga qaramay, hujjatni qabul qildi. Yevropa Ittifoqi bundan “chuqur afsusdaligini” bildirdi.


dayjest

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga chiqindidan iborat 200 dan ortiq shar uchirdi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga plastik butilkalardan tortib go‘nggacha bo‘lgan turli xil axlatlarga to‘ldirilgan 200 dan ortiq sharni uchirdi. KXDR buni janubiy koreyalik faollar tomonidan Pxenyanga qarshi qaratilgan varaqalarga javob deya atadi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!