Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri va Toshkent shahrida fuqarolarni Haj ziyoratiga noqonuniy yuborishga uringanlar DXX va boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Telegram`dagi Xavfsizlik kanalida tezkor tasvirlar aks etgan video joylandi.

Keltirilishicha, Chilonzor tumanida yashovchi shaxs Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida unga Haj safariga borishi uchun zarur bo‘ladigan viza hujjatlarini tayyorlab berishini aytgan. So‘ng ziyoratga yuborish evaziga 8,5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

дхх, ҳаж-2024

Boshqa holatda esa poytaxtdagi sayyohlik firmasi xodimi fuqaroni soxta hujjatlar orqali Haj ziyoratiga yuborish evaziga 5,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

дхх, ҳаж-2024

Toshkentdagi yana bir sayyohlik firmasi boshqaruvchisi va uning xodimi “Haj-2024” mavsumida Saudiya podshohligiga safarga yuborish evaziga 8,5 ming dollar talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorlar 4 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

дхх, ҳаж-2024

Qo‘qon shahrida kuzatilgan holatda esa sayyohlik firmasining ish boshqaruvchisi 2 kishini Hajga yuborish evaziga 12 ming dollar talab qilgani, puldan 10 ming dollarini olgan vaqtida organ xodimlari tomonidan qo‘lga tushgani xabar qilindi.

дхх, ҳаж-2024

Qo‘qondagi yana bir sayyohlik firmasida esa mahalliy fuqaroni Haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan xodim undan 6 ming dollar so‘ragani, ishchi pulning yarmini olgan vaqtida ushlangani ma’lum bo‘ldi.

дхх, ҳаж-2024

Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida shu kabi noqonuniy xizmat ko‘rsatganlar ushlangani xabar qilingandi.