28-may kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi jarohatlandi. Bu haqda poytxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Soat 23:10 da tumanning Do‘rmon yo‘li ko‘chasida 38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Monza va 48 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-1 to‘qnashgan.

YH tufayli Nexia haydovchisi jarohat olgan. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.