Xorazm viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi. Bu haqda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xabar berdi.

тарифлар, чиқинди хизmати

Unga ko‘ra:

  • Urganch shahri va Urganch tumani bo‘yicha aholi uchun 5880 so‘m (avval 3500 so‘m edi) hamda yuridik shaxslarga 1 m kub uchun 80 640 so‘m (QQS bilan, avval 48 000 so‘m edi) to‘lov miqdori belgilandi.
  • Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlarida esa aholi uchun 4592 so‘m (2300 so‘m) hamda yuridik shaxslar uchun 64 400 so‘m (QQS bilan, avval 32 000 so‘m edi) to‘lov tariflari miqdori tasdiqlandi.

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent, Qarshi shaharlari va Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilangandi.