Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari (YeXHT DIIHB) O‘zbekistonga keldi, deb xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Ўзбекистонда 2024-yilda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov arafasida saylovni kuzatishning maqsadga muvofiqligi, shakli, muddati va kuzatuvchilarning zarur soni to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Tashrif dasturiga muvofiq ekspertlari qator vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati instituti vakillari bilan uchrashadi.

28-may, seshanba kuni missiya ekspertlari YeXHT DIIHB saylov departamenti katta maslahatchisi Keara Kastaldo hamda saylovlar bo‘yicha maslahatchisi Kaxa Inaishvili Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev bilan uchrashdi.

yexht diihb

Uchrashuvda tomonlar YeXHT DIIHB missiyalari tavsiyalarining saylovni kuzatish natijalariga ko‘ra milliy saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq etilishini muhokama qildi.

Shuningdek, ekspertlar parlament quyi palatasi va saylov organlari tizimidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, mamlakatda saylov organlarining yagona markazlashgan tizimi shakllantirilmoqda, parlament quyi palatasiga saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.

“Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari DIIHB missiyalarining 2023-yilda o‘tkazilgan referendum va muddatidan ilgari prezident saylovini kuzatish bo‘yicha yakuniy hisobotlarini tahlil qilish va ulardagi tavsiyalarni saylov qonunchiligi va amaliyotiga joriy qilish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mamlakatimizda saylov tartib-taomillari tamoyillarini umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillarga muvofiq takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, ular O‘zbekistonda saylov jarayonlarini umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillarga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladilar.