28-may kuni Tailand Vazirlar Mahkamasi ko‘proq sayyohlarni jalb qilish uchun bir qator yangi viza imtiyozlarini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Bangkok Post nashri.

Jumladan, vizasiz rejim, talabalar uchun uzoqroq qolish imkoniyati va nafaqaxo‘rlar uchun majburiy tibbiy sug‘urta darajasini pasaytirish bunga misoldir.

Hukumat vakili Chay Vacharonkening so‘zlariga ko‘ra, vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni 57 dan 93 taga ko‘payadi. 36 ta yangi davlat qatoriga Albaniya, Kambodja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozog‘iston, Laos, Meksika, Marokash, Panama, Ruminiya, Shri-Lanka va O‘zbekiston kiradi.

Avvalgi tartibda O‘zbekiston fuqarolari Tailandga yetib borgandan so‘ng 30 kun qolish sharti bilan viza olishlari kerak edi.

Ushbu sxema bo‘yicha tashrif buyuruvchilarning qolish muddati ham 60 kungacha uzaytirildi, deydi hukumat vakili.

Bundan tashqari, ishlash va ziyorat turizmini xohlovchilar 180 kungacha bo‘lgan muddatga amal qiladigan besh yillik vizalarni olishlari mumkin, bu esa yana 180 kunga uzaytirilishi mumkin. Hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, avval ular har biri 30 kunlik ikki marta qolish huquqiga ega edi.

Qayd etilishicha, oliy ta’lim maqsadida kelgan chet ellik talabalar o‘qishni tugatgandan so‘ng darhol mamlakatni tark etishlari shart emas, balki bir yil davomida qolishlari mumkin edi.

Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar 1-iyun, shanba kunidan kuchga kiradi.