dayjest

Hafta o‘rtasidan harorat pasaya boshlaydi va yomg‘ir yog‘adi

Dushanba, seshanba kunlari yuqori harorat saqlanib turadi, so‘ng O‘zbekistonga O‘rta dengizdan nam havoning bir qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda shamol tezligi kuchayib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat ish haftasining oxiriga kelib kunduzi +13…+18 daraja iliqni tashkil etadi.


dayjest

Tog‘li hududlarda 26−31-mart kunlari sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet 26−31-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi suv bosishiga olib kelishi mumkin.


dayjest

Prezident Namangan viloyatiga boradi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi. Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi ham reja qilinmoqda.


dayjest

11 yoshli qizga buzuq harakatlar qilgan erkak 3 yilga qamaldi

Toshkent shahri sudi liftda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan erkakni 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.


dayjest

BYD vakili bilan intervyu: “BYD falsafasi iste’molchilar uchun javobgar bo‘lishdir”

BYD vakili Ivan Sao O‘zbekistonda avtomobillarning tartibsiz importini cheklash rejalari haqidagi xabarga izoh berdi. U joriy yilda modellar soni 10 ta pozitsiyaga kengaytirilishini aytdi va BYD Xitoyda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham narxlarni o‘zgartiradimi, degan savolga javob berdi.


dayjest

Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi

O‘rtacha sutkalik harorat +10 darajadan yuqori bo‘layotgani sababli 26-martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi.


dayjest

Toshkentda 4 ta yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Toshkentda kechasi Jahon tillari universiteti yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi, oqibatda olti kishi jarohat oldi. Kecha tunda, shuningdek, Bunyodkor shoh ko‘chasida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi.


dayjest

Bosh vazir Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston bosh vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bir qator vazirlar va parlament palatalari rahbariyati vakillari ham hamdardlik kitobiga o‘z yozuvlarini qoldirdi.


dayjest

“Katta dubulg‘a” turniri: O‘zbekistonlik dzyudochilar 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Gruziyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistondan borgan 18 nafar sportchining 2 nafari — Sardor Nurillayev va Sharofiddin Boltaboyev kumush medal oldi. Toshkentda o‘tgan avvalgi turnir o‘zbekistonliklarga omadliroq kelgandi (6 ta medal).


dayjest

“Yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz, lekin atigi 6 foizi qayta ishlanyapti” — prezident

Prezident Namangandagi zargarlik korxonasiga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinayotgani, biroq uning atigi 6 foizi qayta ishlanayotganini aytdi. Unga ko‘ra, soha uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda. “Bu — boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz”, — deya ishontirdi u.


dayjest

Dunyo aholisi kamayishni boshlaydi — tadqiqot

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda Yer aholisi tug‘ilishning keskin pasayishi tufayli kamaya boshlaydi. 2050-yilda 204 ta davlatdan 155 tasida tug‘ilish darajasi aholining o‘rnini bosadigan darajadan past bo‘ladi. Bu O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi.


dayjest

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2025-yil Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Senati raisi Tanzila Narbayeva ittifoq raisi Tuliya Ekson bilan uchrashuvda assambleya hamda uning tegishli majlislarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.


dayjest

AQSh benzinli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytiradi

AQSh ichki yonuv dvigatelli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytirdi. Shu yo‘l bilan Amerika hukumati elektr va gibrid avtomobillarga o‘tishni rag‘batlantirishga umid qilmoqda.


dayjest

Namanganda GES kaskadi va ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida quvvati 228 MVt bo‘lgan gidroelektr stansiyalar kaskadi va har biri 500 MVt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Mazkur stansiyalar yil oxirigacha tarmoqqa ulanadi, shundan so‘ng viloyatdagi ishlab chiqarish hajmi hudud ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.