dayjest

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?

Bolalarning “Dok-1 Maks"dan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha sud 23 nafar ayblanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning 7 nafariga ozodlikdan mahrum etish, 14 nafariga ozodlikni cheklash, 1 nafariga axloq tuzatish ishlari va 1 nafariga jarima jazosi qo‘llandi. Batafsil.


dayjest

“Dok-1 Maks” ishi: Sardor Kariyev 18 yil, Quramax direktori esa 20 yilga qamaldi

“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, Farmatsevtika agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari 16 yil, Quramax Medikal direktori Ragnevdra Pratar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


dayjest

Yakshanba kuni elektr energiyasiga kiritilgan cheklovlar oshdi — Energetika vazirligi

25-fevralda O‘zbekistonda kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi. Vazirlik xabariga ko‘ra, elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar ko‘lami kengaytirildi. “O‘zbekneftgaz” dam olish kunlari yoqilg‘i quyish shoxobchalariga qo‘shimcha 1000 tonna benzin yetkazib berganini ma’lum qildi.


dayjest

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘adi

Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekistonda ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari 0…-5, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Poytaxtda esa 28-fevral va 1-martda yog‘ingarchilik kuzatiladi.


dayjest

UNG Petro shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi oshdi

26-fevraldan UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 6800 so‘mdan 7000 so‘mgacha qimmatlashdi. Oxirgi bir oy ichida ushbu markadagi benzin taqchilligi kuzatilmoqda.


dayjest

“Dok-1 Maks"dan vafot etgan va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir har bir bola uchun 1 mlrd so‘mdan undirib beriladi

Sud “Dok-1 Maks"dan vafot etgan 68 nafar bola va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi 4 nafar bolaning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi haqida qaror qildi. Sog‘lig‘i qoniqarli 4 nafar bola uchun 500 mln so‘mdan, sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bola uchun esa 200 mln so‘mdan undirilishi belgilandi.


dayjest

Buxoroning tarixiy qismi yaqinidagi turistik markaz loyihasi 470 mln dollarga baholanmoqda

Buxoroning tarixiy qismi bilan chegarada etnografik sayyohlik markazi qurilishi 470 mln dollarga baholanmoqda. Hokimlik YUNESKO xulosasini olgandan keyingina yakuniy qaror qabul qilib, qurilish ishlarini boshlashini bildirgandi, biroq stadionni buzish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.


dayjest

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilsonga 9,2 mln yevro to‘lashi kerak — FIFA qarori

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubini braziliyalik futbolchilarga qariyb 9,2 million yevro (taxminan 124 milliard so‘m) to‘lash majburiyatini yukladi. Tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy mojarolar 2010-yildan beri davom etib kelmoqda.


dayjest

Bir kunda 2 ta avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi — “Toshshahartransxizmat”

Dushanba kuni tongda 174-sonli Mercedes-Benz avtobusining tormoz tizimidagi nosozlik sabab yong‘in sodir bo‘ldi. Shuningdek, 33-sonli Mercedes-Benz avtobusida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqdi. Hodisalar oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat”.


dayjest

O‘zbekistonda besh yil ichida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar 4,4 barobarga oshdi

O‘zbekistonda 2023-yilda qariyb 3600 nafar voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etdi. Besh yil davomida bu ko‘rsatkich qariyb 4,4 barobarga oshdi. Yil davomida tovlamachilik 70, bezorilik 60, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 40, nomusga tegish va odam o‘ldirishga urinish esa 20 foizga ko‘paydi.


dayjest

Avtobuslar bilan bog‘liq nosozlik va YTHlar ko‘paygani sabab 5 nafar mas’ul xodim ishdan olindi

“Toshshahartransxizmat” avtobuslar bilan bog‘liq texnik nosozliklar, tutash holatlari va yo‘l-transport hodisalari ko‘payotgani ortidan 5 nafar mas’ul xodimni ishdan oldi.


dayjest

Bandlik vazirligi bo‘limi boshlig‘i Ohangaron shahriga hokim bo‘ldi

Toshkent viloyati Ohangaron shahriga Muzaffar Rajabboyev hokim etib tayinlandi. U bungacha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shaharning sobiq hokimi fevral boshida lavozimini tark etganini e’lon qilib, aholiga minnatdorlik bildirgandi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini 70 yoshi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘anga qo‘ng‘iroq qilib, uni 70 yoshi bilan tabrikladi. Suhbatda Shavkat Mirziyoyev “zamonaviy Turkiyaning barpo etilishi va global maydondagi nufuzi yuksalishida” uning o‘rni yuqoriligini ta’kidladi.


dayjest

Zelenskiy: urushning ikki yilida 31 ming Ukraina askari halok bo‘ldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi ikki yildan beri davom etayotgan keng ko‘lamli urushda 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini aytdi. Bundan tashqari, mamlakatning bosib olingan hududlarida yana o‘n minglab tinch aholi vafot etgan.


dayjest

Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori bo‘ldi

Prezident qarori bilan shu paytgacha energetika vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi.