O‘zbekistonda 2024-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlar uchun 22 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Bu prezidentning 9-yanvardagi (PF-8) farmonida nazarda tutilgan, deya xabar berdi Adliya vazirligi “Gazeta.uz”ga.

Bundan tashqari, litsenziyalash va etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi.

“Chiqish turizmi” uchun Xavfsiz turizm jamg‘armasiga 15 ming dollar depozit qo‘yish talabi bekor qilinmoqda.

Endilikda yuridik shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra avtotransport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish joyini tanlashi mumkin bo‘ladi. Bungacha ular ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan joylarda texnik ko‘rikdan o‘tishi kerak edi.

O‘zgartirishlar amalga oshirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida yiliga jami 350 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qolishi xabar qilinmoqda.

Bekor qilinayotgan litsenziyalar ro‘yxati

Bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nomi

Bekor qilinishi natijasida yuzaga keladigan tartib-taomil nomi

Vakolatli organ nomi

I. Bekor qilinadigan ayrim ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabardor qilish tartib-taomillari

1

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish tartibida boshqa shaxsga berish

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ

2

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishib olish.

Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini nazorat qilish.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

3

Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish.

Avtotransportda yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lish.

Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi.

Bojxona qo‘mitasi

4

Turarjoyni ijaraga berishning Yagona elektron reyestriga kiritish

Ijara shartnomasini rasmiylashtirish.

Chet el fuqarosini vaqtinchalik hisobga qo‘yish.

“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi

5

Avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma.

Tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

6

Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma.

Tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

7

Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma.

Tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish. Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilish.

Madaniy meros agentligi

II. Birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadigan ayrim turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*

8

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya.

Atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

9

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya.

10

O‘zbekiston hududi va uning ayrim qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya.

O‘zbekiston hududi va uning qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

11

O‘zbekiston mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya.

12

Aholi punktlari hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya.

Aholi punktlari hududlarini qurish va rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

13

Aholi punktlari hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya.

14

Pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish uchun litsenziya.

Pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish va utilizatsiya qilish.

Ichki ishlar vazirligi

15

Pirotexnika buyumlarini utilizatsiya qilish uchun litsenziya.

16

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma.

Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun ruxsatnoma.

Vazirlar Mahkamasi

17

Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya.

18

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risida guvohnoma.

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma.**

Ichki ishlar vazirligi

19

Avtomobil transportida og‘ir va katta hajmli yoki xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnoma (xulosa).

III. Xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladigan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar***

20

Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (turagentlik faoliyati) (“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati bundan mustasno).

Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma.

Turizm qo‘mitasi

21

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya (obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha I toifasiga mansub loyihalar).

obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha I toifadagi arxitektura- shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

22

Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestriga kiritish to‘g‘risida ariza.

Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkiloti faoliyatni boshlaganligi yoki tugatganligi to‘g‘risida xabarnoma.

Adliya vazirligi

Eslatma:

Birlashtirilayotgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga hujjatlar ularning amal qilish muddati davomida kuchda bo‘ladi. Bunda birlashtirilgan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda tegishli hujjatlarni talab qilmasdan hamda davlat boji va yig‘imlari undirmasdan qayta rasmiylashtiriladi;

Birlashtirilgan litsenziyalanadigan faoliyati ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan uchun undiriladigan davlat boji miqdori birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinayotgan faoliyat turi uchun belgilangan davlat bojining eng kam miqdorida belgilanadi.

**Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomani berish jarayonida xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi vakolatli organ tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi bilan mustaqil ravishda kelishiladi.

***Xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o‘z kuchida qoladi va ushbu faoliyatni (harakatni) amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.