dayjest

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar iqlim o‘zgarishi oqibatlari oldida himoyasizroq — JB tadqiqoti

Tabiiy ofatlar paytida nogironligi bo‘lgan shaxslar eng katta xavf ostida qolishadi, chunki favqulodda holat xabarlari va evakuatsiya yo‘llari ular uchun moslashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Jahon banki O‘zbekistonda nogironligi bo‘lganlar ehtiyojlarini hisobga olish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.


dayjest

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

9−10-yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib keladi va bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat janubda +20 darajagacha ko‘tariladi. Payshanba kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi hisobiga harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi.


dayjest

Musulmonlar idorasi Umra xizmatlari uchun yangi narx belgiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra” markazida Umra xizmatlari narxi 10-yanvardan bir kishi uchun 16,6 mln so‘m etib belgilandi.


dayjest

Futbol: O‘zbekiston Falastinni mag‘lub etdi

O‘zbekistonlik futbolchilar 12-yanvar kuni start oladigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasidagi mashg‘ulotlarda Falastinni kichik hisobda mag‘lub etdi.


dayjest

O‘FA 3 nafar hakam va “Qo‘qon-1912” klubi sport direktorini futboldan umrbod chetlatdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda aybdor deb topib uch nafar hakam va “Qo‘qon-1912” klubi sport direktori Shuhrat Mo‘minovni futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatdi.


dayjest

Toshkentda 20 yoshli qiz issiq suvdan kuyishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda vannaxonadagi issiq suv baki yorilishi oqibatida 20 yoshli qiz kuyish jarohati oldi. U shifoxonada vafot etdi.



dayjest

Andijon va Farg‘onada elektrobus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Xitoy kompaniyalari Andijon viloyatida yiliga 2 mingta, Farg‘ona viloyatida yiliga mingta elektrobus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda. Ulardan butun O‘zbekiston bo‘ylab jamoat transportini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda bir kishi noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi

Nukus shahrida 2 kishi noma’lum etiologiyali moddadan zaharlandi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holatni hokim o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tekshirmoqda.


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadi. UzKazTrade qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi orqali onlayn savdo maydonchasini yaratish rejalashtirilmoqda.


dayjest

Chiqindi yig‘ish maydonchalarida qayta ishlanadigan chiqindilar sotib olina boshlaydi

Nihoyat Toshkent va bir necha viloyatlarda maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish boshlanadi. Aholiga bepul chiqindi paketlari beriladi. Fuqarolarga qayta ishlangan chiqindilar uchun pul to‘lash rejalashtirilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2023-yilda 1,2 mlrd dollarga kamaydi

Dekabrda O‘zbekiston xalqaro zaxiralari ko‘paydi, biroq 2023-yil bo‘yicha mamlakatning “moliyaviy yostiqchasi” 1,2 mlrd dollarga kamayib, 34,56 mlrd dollarni tashkil etdi. Yillik hisobda zaxiralar kamayishi 2018-yildan beri ilk marta kuzatildi. Oltinning fizik hajmi yil davomida deyarli 25 tonnaga kamaydi.


dayjest

Buxoro viloyatida sovuq suv narxi oshiriladi

Buxoro viloyatida 15-yanvardan sovuq suv va oqova suv xizmatlari narxi oshadi.


dayjest

Samolyot fyuzelyaji ajralib tushishi ortidan AQSh, Yevropa va Turkiyada Boeing 737 MAX parvozlari to‘xtatildi

AQSh, Yevropa va Turkiyada Boeing 737 MAX 9 samolyotidan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga Alaska Airlines`ga tegishli shu rusumdagi samolyot fyuzelyajining bir qismi parvoz vaqtida ajralib tushgani sabab bo‘ldi. Bortda 177 kishi bor edi, ulardan bir qanchasi jarohatlangan.


dayjest

O‘zbekistonda 2024-yilda 5 million kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda yil boshida ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu yil yana 2,4 mln kishi mehnat bozoriga kiradi. 2024-yilda 5 million aholi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Prezident, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yagona hisobotlar tizimini joriy etish bo‘yicha ham topshiriq berdi.