Nukus ishi bo‘yicha yana 28 nafar mahkum apellyatsiya berdi

Nukus voqealari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ikkinchi sud jarayonida qamoq jazosiga hukm qilingan 28 nafar shaxs apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Ularni ko‘rib chiqish payshanba kuni boshlanadi. Yana 16 nafar mahkumga nisbatan apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish davom etmoqda.

YeXHT DIIHB O‘zbekistonga saylovga tayyorgarlikni o‘rganish uchun missiyasini yubordi

O‘zbekistonga muddatidan oldingi prezident saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi keldi. Missiya saylovni kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti narxlarining oshishini rad etdi

Tarmoqlarda 1-iyundan Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyalari taqdim etilishi, Cobalt va Lacetti narxi 20−23 ming dollargacha ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors ushbu ma’lumotlar yolg‘on ekanini bildirdi.

Sun’iy intellektning joriy etilishi O‘zbekistonda 430 ming yangi ish o‘rni yaratishi mumkin — OTB tadqiqoti

To‘rtinchi sanoat inqilobining sun’iy intellekt kabi texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida 100 mingta, qurilish sohasida 334 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu borada Osiyo taraqqiyot bankining yangi tadqiqotida so‘z borgan.

O‘zbekistonning uchta viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida shifoxonalar quriladi

O‘zbekistonda Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik negizida uchta shifoxona qurish rejalashtirilgan.

PIRLS tadqiqotlarida ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni egalladi

Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unda ilk bor qatnashgan O‘zbekiston 57 davlat orasida o‘rtacha balldan pastroq natijani qayd etib, 49-o‘rinni egalladi. PIRLS natijalari haqida batafsil.

YeI va FTA O‘zbekistonning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi

Yevropa Ittifoqi, Fransiya taraqqiyot agentligi va O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishi bo‘yicha strategiyasini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish borasidagi bitimni imzoladi.

OTP Bank 2 hafta ichida “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitimni yakunlamoqchi

“Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitim ikki hafta ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda, dedi OTP Bank direktori o‘rinbosari Laslo Vulf. Uning so‘zlariga ko‘ra, OTP 2022-yil dekabr oyida xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolangandan beri “Ipoteka-bank”ni rivojlantirish ustida ishlamoqda.

“Vaqtimiz oz qoldi”. Jamshid Xodjayev — O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi haqida

JSTga a’zo bo‘lish davlat korxonalari uchun jahon bozoriga yo‘l ochadi, ular raqobatga tayyor bo‘lishi, ayrim tarmoqlar o‘z rivojlanish modelini qayta ko‘rib chiqishi kerak, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Uning ta’kidlashicha, JSTga a’zolik “juda qisqa muddatda va keyingi tendensiya dinamik bo‘ladi”.

Sharm ash-Shayx-Toshkent reysi 10 soatdan ortiq kechiktirildi

Air Cairo aviakompaniyasining Sharm ash-Shayxdan Toshkentga chorshanba kuni belgilangan parvozi ob-havo sharoiti tufayli 10 soatdan ortiq kechiktirildi. 200 nafardan ziyod yo‘lovchi Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da jo‘nab ketishni kutmoqda.

O‘zbekistonda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasining qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikatlari tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Sertifikatlar erkin muomalada bo‘ladi va bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin.

“Jamiyatda fundamental huquqlarning fidoyi himoyachilari rolida yuristlar ko‘proq bo‘lishini istardim” — adliya vaziri

“Toshkent huquq bahori” xalqaro forumida adliya vaziri Akbar Toshqulov jamiyatda fundamental huquqlarni yaxshi tomonga burishga harakat qiluvchilar rolida yuristlar ko‘proq bo‘lishini istashini aytdi. “Chunki biz yuristlar muammoni kundalik ish jarayonida doim ko‘ramiz va ularning yechimini ham bilamiz”, — dedi u.

Toshkentda guruh bo‘lib odam o‘g‘irlagan va pullarini olib qo‘ygan 4 nafar shaxs qamaldi

Olmazor tumanida odam o‘g‘irlash, bosqinchilik va boshqa jinoyatlarni sodir etgan 4 nafar sudlanuvchi 13,5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamaldi. Ular YPX xodimi kiyimida fuqaroni o‘g‘irlab, pullarini olib qo‘ygan, shuningdek, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Toshkentda Matiz urib yuborgan 12 yoshli o‘quvchi vafot etdi

Uchtepa tumanida Matiz haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli o‘quvchini urib yubordi. U jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.

Samarqandda erkak xotinidan qasd olish uchun 2 o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Toyloq tumanida erkak xotinidan qasd olish uchun 6 va 8 yoshli o‘g‘illarini sim bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Voqeaga Rossiyaga ishlashga ketgan xotinining begonalar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar sabab sifatida keltirilmoqda.