Shavkat Mirziyoyev Berlinda Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Berlindagi muzokaralarda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi. Germaniya mintaqadagi o‘zaro bog‘liqlik loyihalari, jumladan, YeIning “Global darvoza” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Gyote instituti O‘zbekiston viloyatlarida ham ochilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Berlinda Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tashrif davomida turli sohalarga oid 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolandi.

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 4 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 2022-yilgi o‘rnidan 4 pog‘ona pastlab, 137-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “qiyin” bosqichda qolmoqda. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham salbiy natijalar qayd etgan.

Milliy gvardiyaga ayrim huquqbuzarliklar uchun jarima qo‘llash huquqi berilmoqda

Milliy gvardiyaga qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda. Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, endi ular mayda bezorilik yoki sovuq qurol olib yurishga oid ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqa oladi hamda bayonnomalar tuzadi. Shuningdek, ular ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jarima qo‘llashga haqli.

Hokimlar 2024-yildan boshlab mahalliy kengashlarga rais bo‘lolmaydi

Hokimlarga mahalliy kengash raisi lavozimini egallashi taqiqlanmoqda. Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida bu jarayon 2024-yildan, tuman va shaharlarda esa 2026-yildan boshlanadi. Bunda vazifalar takrorlanishining oldi olinishi, hokimlar ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Nemolchi.uz loyihasi muallifi unga qilingan tahdidlar sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etdi

Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko unga noma’lum shaxslar o‘lim bilan tahdid qilgani sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etganini ma’lum qildi. U bu haqda huquq-tartibot idoralariga ham ariza bilan murojaat yo‘llagan.

Daraxt va butalarga shikast yetkazgan va bunga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi mumkin

Senat endilikda daraxtlar va butalarni shikastlantirganlar va bu borada loyihalar tayyorlaganlarni ham javobgarlikka tortish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

Senat tadbirkorlar hisobvaraqlaridagi mablag‘lar daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki olib qo‘yganlik yoxud ortiqcha undirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilashni ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

O‘zbekistonda daraxtlarni raqamlashtirish loyihasi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda daraxtlarni raqamli inventarizatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Loyiha 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Tabiat resurslari vazirligi sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni tahlil qilib, mamlakatning “Yashil indeks”ini aniqlamoqchi. Hozir Sirdaryo viloyatida sinov ishlari ketmoqda.

Elektromobillarning uzluksiz harakatlanishi uchun TOK BOR infratuzilma yaratishni rejalashtirmoqda

TOK BOR tarmoqni rivojlantirish va O‘zbekistonning yirik shaharlari va chekka burchaklarini tez quvvatlantirish stansiyalari bilan jihozlashning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi.

O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan o‘tuvchi yashirin yerosti yo‘li ochganlarga sud hukmi o‘qildi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida maxfiy yo‘l ochgan farg‘onalik shaxs va yana 5 kishiga sud hukmi o‘qildi. Yo‘l orqali Qirg‘izistonda noqonuniy tovarlar, O‘zbekistondan esa xorijiy valyutalar o‘tkazib turilgan. Sud hukmi bilan 3 nafar ayblanuvchi 6−7 yilga qamaldi, yana 3 nafariga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Toshkentda o‘zi va yosh bolasini kanalga tashlagan ayol qutqarib qolindi

Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanaliga 1,5 yoshli bolasi bilan o‘zini tashlagan ayolni PPX xodimlari qutqarib qoldi. Ushbu harakatga “og‘ir hayotiy vaziyat” sabab bo‘lgan. 20 yoshli ayol ishidan afsusdaligi va ularni qutqarganlardan minnatdor ekanini aytdi. Bola vaqtincha mehribonlik uyiga topshirildi.

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash uchun 200 mln yevro ajratadi. Mablag‘lar Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz shaharlarining suv tizimini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Endi garovga qo‘yuvchining iltimosi bilan mol-mulkni auksionga qo‘yish kechiktirilmaydi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan undiruv qaratilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qo‘yuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Inkuzart Orol dengizining qurigan qismiga tinchlik ramzini chizdi

Rassom Inkuzart Orol dengizining qurigan qismida diametri 100 m bo‘lgan tinchlik ramzini chizib, o‘sha yerga ming tupdan ortiq saksovul ko‘chatlarini o‘tqazdi. “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida u buning uchun hech kimdan moddiy yordam so‘ramagani va loyiha uchun avvaldan pul yig‘ib yurganini aytdi.

Jizzaxda soxta Green Card tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs 9 yilga qamaldi

Jizzax viloyatida 3 nafar shaxs soxta Green Card hujjatlarini tayyorlab, 103 kishining 2 mlrd 597 mln so‘mini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Ularning biri 9 yilga qamaldi, 2 nafariga qidiruv e’lon qilindi.

AQSh elchisi “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabrikladi

AQSh elchisi Jonatan Henik “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabriklash maqsadida jurnal tahririyatida bo‘ldi. U “Mushtum”ning muxlisi ekanini va elchixona jurnalga obuna bo‘lganini aytgan. “Elchining tashrifidan boshimiz osmonga yetdi”, — dedi jurnal bosh muharriri Nosirjon Toshmatov.