O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risidagi yangi shartnomani kelishishni boshladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari chegaraning ayrim uchastkalari bo‘yicha yangi kelishuv loyihasini kelishishga kirishish imkonini beruvchi bayonnomani imzoladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Bishkekka boradi.

Farg‘onadagi qozonxonani rekonstruksiya qilishga Rossiya kompaniyasi investitsiya kiritadi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 7,5 gektar maydondagi RK-2 markaziy qozonxonasiga yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina qurilmalari o‘rnatiladi. Rekonstruksiya uchun Rossiyaning «SP OOO «BETWEEN TWO RIVERS» kompaniyasi 45 mln dollar investitsiya kiritadi.

Paxta yig‘im-terimiga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotgani aytilmoqda

Tarmoqlarda paxta terishga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid xabarlar tarqaldi. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi. Majburiy mehnatga duch kelganlardan esa 1176 va 1092 ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Davlat organlarining ma’lumotlar bazasidan pul to‘lab foydalanish mumkin bo‘ladi

Hukumat davlat organlarining ma’lumotlar bazalariga kirishni ochdi. Tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni «Elektron hukumat» loyihalarini boshqarish markazi orqali pullik asosda olishlari mumkin.

Samarqandda yengil atletika bo‘yicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionati yakunlandi

Yengil atletika bo‘yicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionatida umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 79 ta medal — 25 ta oltin, 27 ta kumush va 27 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Turkmaniston jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Qirg‘iziston jamoasiga nasib etdi.

Namanganda XIV — XX asrlarga oid noyob qo‘lyozma va toshbosma kitoblar topildi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida noyob kitoblar topildi. Ularning aksari Namangandagi Matbai Is’hoqiya va Toshkentdagi G‘ulom Hasan Orifjonovlar bosmaxonalarida inqilobgacha bo‘lgan davrda chop etilgan.

Tijorat banklari 27 sentabr uchun dollarning yangi sotish va sotib olish kurslarini e’lon qildi

Markaziy bank o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursini yangilagandan so‘ng tijorat banklari dollarni oshirilgan qiymatda sota boshladi.

«80 dBdan yuqori ovozlar − baland». Qurilish, ko‘cha-ko‘y, to‘y va quloqchinlardagi ovozlar quloqqa qanday ta’sir qiladi?

80 detsibelldan yuqori shovqinlar baland tovushdir. 30 detsibeldan ortig‘i sog‘liqni izdan chiqarishi mumkin. Atrofda bo‘layotgan to‘y va konsertlar, mashinalar shovqini va quloqchinlardagi ovoz esa 100 detsibellgacha yetadi. SSV «Gazeta.uz»ga baland ovozlar inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot berdi.

Namanganda 27 500 voltli tok urgan o‘smir tirik qoldi

Namanganda simyog‘ochga chiqishga harakat qilgan 16 yoshli bolani 27 500 volt kuchlanishdagi elektr toki urdi. Shifoxonadagi muolajalardan so‘ng bemorning ahvoli yaxshilandi.

«Buxoro neft bazasi»ning 7 nafar mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Buxoro neft bazasi»ning sobiq bosh hisobchisi va boshqa mansabdorlari hujjatlarni qalbakilashtirgani va 8,5 mlrd so‘mlik neftni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Hozirda 7 mansabdor va moddiy javobgar shaxslarga jinoyat ochildi.

O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Jamol Kamol 84 yoshida vafot etdi.