9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ 10,11,12-may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakatini yo‘lga qo‘ydi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 775-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
  • 776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni mavjud.

Eslatib o‘tamiz, tashkilot avvalroq poytaxtdan Qarshiga ham qo‘shimcha poyezdlar qatnovi bo‘lishini xabar qilgandi.