Yo‘l qurilishida milliardlab so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangani aniqlandi

2021−2022 yillarda yo‘l qurish va ta’mirlashda 45 ta holatda 34,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangan. Senatda topshiriluvchi obyektlar soni va qiymati hamda buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni bekor qilish holatlari yildan-yilga ortib borayotgani va boshqalar muhokama qilindi.

Shahrisabzda singlisi bilan bog‘chaga kelgan qiz eshik oynasi sinishi oqibatida vafot etdi

Shahrisabzdagi davlat bolalar bog‘chasida noqonuniy olib qolingan qizcha hojatxona eshigiga o‘rnatilgan oyna sinishi natijasida jarohat olib, ko‘p qon yo‘qotishidan vafot etdi. Hozirda prokuratura ishni o‘rganmoqda.

Bankda fuqarodan tirikligi haqidagi ma’lumotnoma so‘ralgani yuzasidan munosabat bildirildi

«Agrobank» Qarshi filiali rahbari 1998 yilda «o‘lgan» deb topilgan fuqarodan tirikligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘radi. Bundan norozi fuqaro murojaat yo‘lladi. Bank holatga izoh berib, qonuniy hujjatlar bankka to‘liq taqdim etilgach, kredit ajratish masalasi ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Magistraturaga topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtalashtirilgan — Abduqodir Toshqulov

Magistraturaga qabul uchun topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtalashtirilgan, deya tanqid qildi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov. U mas’ullarga qabul yakunida sertifikatlarni yana bir bor tekshirish, soxta hujjatlar topshirganlarni esa o‘qishdan chetlatish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

«IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni IT-mutaxassislar bilan uchrashib, mas’ul rahbarlarga internet qamrovi va sifatini keskin oshirish, Astrum namunasida hududlarda IT-akademiyalar tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va raqamlashtirishni birinchi galdagi vazifalar qatoriga olib chiqishni buyurdi.

Buxoroda yuk mashinasi urib yuborgan to‘siq keksa ayolga borib tegdi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yuk mashinasi urib yuborgan to‘siq o‘sha paytda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolga borib tegdi. Piyoda kasalxonada vafot etgan.

O‘z joniga qasd qilgan tadbirkorning singlisi akasi vafotining ehtimoliy sabablari haqida gapirdi

Andijon viloyatida «Bo‘z Iqbol chorvasi» kompaniyasi rahbari daraxtga osilgan holda topildi. Singlisining aytishicha, u bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan va muassasalar qarzlarini to‘lamagani uchun o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim vazirligi holatga izoh berdi.

O‘zbekiston Hindistondan banan, mango, soya va guruch import qilinishiga ruxsat berdi

indiston O‘zbekistonga banan, mango, soya va guruch eksport qilishga ruxsat oldi, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar esa Hindiston bozoriga uzum, olxo‘ri va gilos yetkazib bera oladi. Tomonlar boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun cheklovlarni olib tashlashni muhokama qilmoqda.

O‘zbekistonning qator hududlarida jazirama o‘z rekordlarini yangiladi

O‘zbekistonning qator viloyatlarida havo harorati bo‘yicha rekordlar yangilandi. 22 iyul kuni kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori harorat (taxminan +50 daraja) Qizilqum va Termiz hududida qayd etildi. 23 iyul kuni Toshkentda havo harorati +42,8 darajagacha ko‘tarilib, 2018 yilgi rekordni yangiladi.

Dam olish kunlari qulay havo harorati bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet

Dam olish kunlari havo harorati tungi vaqtda +23 darajagacha tushadi, kunduzi esa +36 darajadan oshmaydi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi, cho‘l zonalarda esa chang-to‘zonlar ko‘tarilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonga katta miqdorda sovuq qurol olib kirilishiga chek qo‘yildi

Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara postida umumiy qiymati 862,8 mln so‘m bo‘lgan qariyb 6000 dona sovuq qurolning olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Vladimir Norov Samarqandda SHHT sammitida qanday masalalar ko‘rilishini ma’lum qildi

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha birlashgan pozitsiyalarini aks ettiruvchi deklaratsiya imzolanishi rejalashtirilmoqda — Vladimir Norov SHHT sammitida qanday masalalar ko‘rilishi haqida ma’lum qildi.

Ekoqo‘mita 831 ta holatda tadbirkorlar huquqlarini buzgan — Biznes-ombudsman

Davlat ekologiya qo‘mitasi korxonalarda tekshirish o‘tkazish, davlat xizmatini ko‘rsatish va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jami 831 ta holatda tadbirkorlarning huquqlarini buzgani aniqlandi. Biznes-ombudsman qo‘mitaning 99 nafar mansabdoriga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi.

Surxondaryoda fuqaro qarindoshini o‘ldirish uchun odam yolladi

Sariosiyo tumanida fuqaro o‘zining qarindoshini o‘ldirish uchun 50 mln so‘mga odam yolladi. Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumondor kelishilgan puldan 1,8 mln so‘mini berganida ushlandi. Uning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, 10 yildan 15 yilgacha qamalishi mumkin.

RF va O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyati bilan ishlash bo‘yicha yaqin pozitsiyaga ega — Sergey Lavrov

RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi yakunida Rossiya O‘zbekiston bilan Afg‘onistondagi mavjud voqelikni tan olish va hozirgi rahbariyat bilan shu haqiqatlarga asoslanib ishlash kerakligi borasida juda yaqin pozitsiyaga egaligini ma’lum qildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Avj olsa, kurashish qiyin». O‘zbekistonda termitlar va ular yetkazayotgan zarar ortib bormoqda

Termitlar dunyo bo‘ylab aholi uylari va tarixiy yodgorliklarga jiddiy zarar yetkazmoqda. Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi direktori «Gazeta.uz» bilan suhbatda termit qanday hasharot ekanligi, hukumat ushbu muammoga qarshi qay darajada kurashayotgani va yechimini kutayotgan masalalar haqida gapirdi.