Rossiyaning Ukrainaga bosqini O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni 3,6% gacha sekinlashtiradi — Jahon banki

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatlari O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish darajasini 3,6% gacha sekinlashtiradi, inqirozgacha bu ko‘rsatkich 6% ga baholangan edi. Ayni paytda xomashyo eksportidan olinadigan daromadlar va xususiylashtirishdan tushumlarning nisbatan yuqoriroq bo‘lishi pul o‘tkazmalariga qaram bo‘lgan uy xo‘jaliklarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadlaridagi yuqori ijtimoiy soha xarajatlarini qoplaydi, pul o‘tkazmalari qisqarishi va mehnat migrantlarining uylariga qaytishi ortidan mamlakatda kambag‘allik darajasi keskin o‘sishining oldini oladi.

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi

8 aprel kuni O‘zbekistondan Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetib kelgan. Zakarpatska viloyati rahbari Viktor Mikita ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan. Ukrainaga gumanitar yordam yuborilganligi haqida hozircha O‘zbekistonning rasmiy idoralari tomonidan xabar berilmadi.

Mudofaa vazirligi desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi

Mudofaa vazirligi havo desant xizmati harbiylarining parashyutda sakrash bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi.

“Shavkat Miromonovich, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz” — “o‘quvchilarimiz” izohlari

“Prezidentimiz birinchi raqamli”, “Mirziyoyevga ehtirom”, “Orzularingiz ushalsin, Shavkat Miromonovich” — bu kabi izohlar prezident bilan bog‘liq xabarlar ostida tez-tez uchrab turadi. Bu kim tomonidan nima uchun qilinayotgani va bu borada nima qilish kerakligini bilmaymiz. Ammo bunday sharhlarni o‘qish har doim qiziqarli.

Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvada ko‘ndi

Minskdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvaning Domodedovo aeroportiga qo‘ndi. Havo kemasiga bomba qo‘yilganligi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Har yili Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkaziladi

Prezident qaroriga muvofiq, har yili an’anaviy tarzda 30 iyun — Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida sportning 9 ta turi bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu orqali yil oxirigacha 6 mln nafar yoshlarni sport bilan qamrab olish reja qilingan. Bundan tashqari, 2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari, qolaversa, maktab va OTMlar doirasida ham musobaqalar tashkillashtiriladi.

“Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating” — Bola ombudsmani

Qoraqalpog‘istonda o‘z farzandlariga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bola ombudsmani Aliya Yunusova esa “bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishni” so‘rab chiqdi. “Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Bolalarni shafqatsiz muomala va zo‘ravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim”, — dedi u. Vakil holatni o‘z nazoratiga oldi.

Uyushmalarga berilgan imtiyozlar sohadagi barcha ishlab chiqaruvchilarga tadbiq etiladi

“O‘zbekipaksanoat”, “O‘zcharmsanoat” va boshqa uyushmalar tomonidan qo‘llanilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari mazkur tarmoqlarning barcha subyektlariga ham tatbiq etiladi. Mazkur imtiyozlar 2017−2019 yillarda berilgan bo‘lib, ularning muddati 2023 yil 1 yanvarda tugaydi. “Gazeta.uz” ushbu imtiyozlar va sohalar ro‘yxatini e’lon qiladi.

Tinkoff kompaniyasi CloudPayments savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

Tinkoff Global kompaniyasi O‘zbekistonda CloudPayments savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Onlayn to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tizim allaqachon kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgan va mahalliy korxonalar bilan muzokaralarni boshlagan.

Humo kartalari ishida uzilishlar kuzatilmoqda

Ayni paytda bir qator bank ilovalarida Humo kartalari bilan ishlashda uzilishlar kuzatilmoqda. To‘lov tizimi ushbu muammolar yaqin kelajakda hal qilinishi hamda uzilishlar mobil ilovalarning hammasiga ham ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Birinchi chorakda respublika dehqon bozorlari 2014 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht va 3583 kg ichki organlar topilib, yo‘q qilindi. Toshkent veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi poytaxtga aylanma yo‘llar bilan kirib kelayotgan iste’molga yaroqsiz go‘shtlar asosan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tarqatilishini ma’lum qildi. Eshak go‘shti masalasiga ham izoh berildi.

Haftaning ikkinchi yarmidan kunlar +35 darajagacha isiydi

Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga haftaning ikkinchi yarmidan harorat +30…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryoda viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Dilmurod Abduraxmanov tayinlandi. U bunga qadar Sayxunobod tumanidagi to‘qimachilik klasteriga rahbarlik qilgan.

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi

Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.