«totalizator» tegli maqolalar


Bukmekerlikni bloklash hech qachon yechim bo‘lmaydi — O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev
29 may 2022, 12:41

Bukmekerlikni bloklash hech qachon yechim bo‘lmaydi — O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev

«Menimcha» ko‘rsatuvida O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatiga nega ruxsat berilmaganiga izoh berildi. O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlikni jamoatchilik yaxshi qarshi olmaganligini qayd etdi. Biroq u bukmekerlikni taqiqlash ham muammoga yechim bo‘lmasligini ta’kidlab, sohani nazoratga olish bo‘yicha takliflar kerakligini aytdi. IIV Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i Behzod Mamajonov ham bloklash chora bo‘lmasligiga to‘xtalib, bukmekerlikni reklama qilayotgan aksariyat takshilotlar chet el serverlarida o‘tirishiga e’tibor qaratdi.

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 dekabr 2021, 22:00

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida
21 dekabr 2021, 10:21

«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumi doirasida totalizatorlar haqidagi savolga javob berar ekan, uning tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «aholi har xil yo‘llarga kirib qolishining oldini olish davlatning majburiyati». «Bu industriya bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak», — dedi u.

Bukmekerlik faoliyatini qonuniy tartibga solish taklif qilindi
8 sentabr 2021, 19:27

Bukmekerlik faoliyatini qonuniy tartibga solish taklif qilindi

XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bukmekerlik faoliyatini huquqiy tartibga solish masalasi muhokama qilindi. Bir qator qonunlarga bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normalar kiritish taklif etildi.

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi ma’lum qilindi
26 iyul 2021, 16:01

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi ma’lum qilindi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini litsenziya bilan amalga oshirishga ruxsat berilgan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma’lum qilishicha, bugunga qadar mamlakat hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun hech kimga litsenziya berilmagan. Agentlik ushbu faoliyatlar hali ham qonuniy emasligini eslatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting