O‘zbekiston prezidenti oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Jumladan, hududlarda sut yig‘ish markazlarini tashkil etish, chorva mollarini identifikatsiya qilish, parrandachilik xo‘jaliklariga 35 mln dollar ajratish, krevetkani sanoat usulida yetishtirish rejalashtirilmoqda.
Baliq yetishtirish bo‘yicha Jizzax tajribasi har bir viloyatda joriy etiladi. 1 fevraldan xonadonida baliq yetishtiruvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi, ularga ajratiladigan kredit BHMning 300 baravari — 81 mln so‘mgacha oshiriladi. Qolaversa, ularning yer hamda mol-mulk solig‘i 50 foizga qisqartiriladi. Shu asosda 2022 yilda butun respublika bo‘yicha 700 ming tonna baliq yetishtirish maqsad qilingan.
Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev baliqchilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga soliqlardan ozod etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting