Angrenlik yigit Telegram-guruh ochib, fuqarolarning 13 mln so‘mini o‘zlashtirdi

Angrenlik yigit “UNIVERSAL KREDIT” nomli soxta Telegram-guruh ochib, 15 daqiqa ichida mikroqarz berilishi haqidagi e’lon bilan 10 nafardan ziyod fuqaroning 13 mln so‘mini o‘zlashtirdi.

“Hokim kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi” — prezident

Prezident aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Barcha hokimlar fuqarolarni qabul qilish uchun haftasiga ikki kun ajratishlari va hokimliklarda kunlik qabul tashkil etilishi belgilandi. “Har bir hokimning kabineti “xalq qabulxonasi” bo‘ladi. Murojaatlarni ko‘rib, nimalarga e’tibor qilish bo‘yicha har bir rahbarning strategiyasi bo‘lishi kerak, — dedi prezident.

Hokimliklar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ipoteka kreditlari bo‘yicha kafillik beradi

Hukumat qarori bilan, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklari beriladi. Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to‘lov undirilmaydi.

O‘zbekistonlik 2 nafar tennischi kelishilgan o‘yinlar sababli diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik ikki tennischi 2019 yilda bo‘lib o‘tgan turnirdagi kelishilgan o‘yinlar sababli sportdan chetlatildi. Temur Ismoilov bir umrga diskvalifikatsiya kilinib, 14 ming dollar jarimaga tortildi. Amal Sultonbekov esa besh yilga chetlatilib, unga 8000 dollar miqdoridagi jarima belgilandi.

Prezident maktablari bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi

2021−2022 o‘quv yilidan prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilinadi.

“Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq”. MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilar tashabbuskor guruhlari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ko‘rsatish masalasini hal etish qonun chiqaruvchilarga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Ushbu masala YeXHTning DIIHB missiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan edi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lishdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro biologiya olimpiadasida 2 ta oltin va 1 ta kumush, xalqaro fizika olimpiadasida 1 ta bronza va xalqaro matematika olimpiadasida bittadan kumush va bronza medallari sohibi bo‘lishdi.

Senat Rossiyaga ishga jo‘natilib, va’da qilingan maoshini ololmayotgan fuqarolar murojaatini o‘z nazoratiga olindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi va yetarli sharoitlar yaratilmaganligi ustidan shikoyat qilmoqda. Oliy Majlis Senati ushbu holatni o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi.

Xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

24 iyul kuni, prezident Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan prezident bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari va jamoat arboblaridan tabrik va qutlovlar qabul qildi.

Tashqi savdo aylanmasi o‘smoqda, biroq hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmadi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgani yo‘q, biroq o‘sishda davom etmoqda. 2021 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo hajmi 13,6 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 10 ta hamkor davlatlar ro‘yxatiga Ukraina ham kirdi.

Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegarasi o‘zgardi

Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan 7,8ming gektardan ko‘proq yer maydonlari qo‘shib berildi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkazildi.

Tokio-2020. Birinchi kunda o‘zbekistonliklar birorta ham g‘alabaga erishmadi

Tokiodagi yozgi Olimpiadaning birinchi kunida bahslarga kirishgan qariyb barcha o‘zbekistonlik sportchilar mag‘lubiyatga uchrab, musobaqalarni tark etdi. Faqatgina eshkak eshuvchilar yarim finalda qo‘shimcha o‘rin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldilar.

Jahongir Otajonovning ishi sudga oshirildi — Toshkent IIBB

Toshkent IIBB sobiq xonanda Jahongir Otajonovning videomurojaatda aytgan gaplarida haqorat alomatlari bor deb topdi. Ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudga oshirildi.

“16 fevral voqealari"da ayblangan 5 fuqaro oqlandi

1999 yilning 16 fevral kuni poytaxtdagi portlashlar sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan 5 fuqaro oqlandi. Oqlanganlar “16 fevral voqealari"ning asosiy ijrochilari deb topilganlar emas. Ular sobiq bojxona xodimlari hisoblanadi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Vaksina tibbiyotning eng katta yutug‘i” — virusolog Dildora Sekler

Hozir pnevmokokkka qarshi emlanish mumkinmi, bu vaksina koronavirusdan himoya qiladimi va nima uchun emlashdan qo‘rqmaslik kerak? “Gazeta.uz"ning shu va boshqa savollariga shifokor-virusolog, Facebook`dagi “Vrachi Tashkenta” guruhi asoschisi, PhD Dildora Sekler javob berdi.

Vaksinalar dunyoni qanday o‘zgartirgan?

COVID-19 pandemiyasi insoniyatni yuqumli kasalliklarning naqadar xavfli va halokatli avj olishini eslashga majbur qildi. Shunigdek, u bunday holatlarda vaksinalar normal hayotga qaytish uchun yagona umid ekanligini ham eslatmoqda. Dunyo tarixida eng keng tarqalgan chechak, qizamiq, poliyemiyelit va bezgak kasalliklari va ularga qarshi kurashda vaksinalarning o‘rni haqida.