Qurbon hayiti 20 iyul kuni nishonlanadi, o‘zbekistonliklar 3 kun dam oladi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 20 iyul kuni nishonlanadi. Bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklar 21−22 iyul kunlari ham dam olishadi.

O‘zbekistonliklarning 35 Awards 2020 tanlovidagi eng yaxshi fotosuratlari

Har yili 12 iyulda butun dunyo bo‘ylab fotosurachilar kuni nishonlanadi. Bu kun fotosuratlardan foydalanish imkoniyatini hamma uchun ochib bergan, Kodak asoschisi — Jorj Istmanning tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq. «Gazeta.uz» xalqaro 35 Awards 2020 tanlovida o‘zbekistonlik fotosuratchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi ishlarni to‘pladi.

Toshkentda koronavirusga qarshi bemorlarni davolaydigan maxsus poliklinikalar tashkil etildi

Toshkentning 11 ta tumanida koronavirusga gumon qilingan shaxslar va infeksiyali bemorlar uchun 1 tadan maxsus poliklinika tashkil etildi. Har bir poliklinikaga 3 tadan tibbiy brigada biriktirilgan. Ular rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, dori-darmon va tibbiyot vositalari bilan ta’minlangan.

Namanganda fermerlar suv talashishi oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi

Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlari fermerlari suv masalasida janjallajib qolgan. Ulardan biri boshqasining boshiga urib, tan jarohati yetkazgan. Fuqaro bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan kasalxonada vafot etgan.

2021 yilda O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati ma’lum qilindi

USAID, ITSV, PwC va BMTTD «O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati 2021» yangi nashrini taqdim etdi. Unda korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish, ish haqi bo‘yicha xarajatlar, soliqlar va soliq imtiyozlari, litsenziyalash, tashqi savdo tartibotlari va boshqalar keltirilgan.

O‘zbekiston London fond birjasiga $635 mln va 2,5 trln so‘mlik yevrobondlarni joylashtirdi

O‘zbekiston London fond birjasiga 635 mln dollar va 2,5 trln so‘m qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi. Yevrobondlarning dollar va so‘mda asosiy xaridorlari investitsiya fondlari bo‘ldi.

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etdi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida kuch yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Kosonsoy tumaniga sel kelgan. Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘q — Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari

Islom dinida koronavirusga qarshi vaksina olish bo‘yicha taqiq yo‘qligi aytildi. Ta’kidlanishicha, dinda xarom deyilgan narsalar insonning sog‘ligini saqlashda shundan boshqa chora qolmasa, o‘sha narsadan foydalanish yoki uni iste’mol qilishga ham ruxsat beriladi. «Mutaxassis shuni davo deb tayinladimi, demak, bu halol tomonga o‘tdi», — dedi Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov.

«Gazeta.uz»da chiqqan maqolalar:

Davlat rahbarlariga uyushtirilgan mashhur suiqasdlar

Har bir davlat rahbari o‘ziga ortilgan mas’uliyatdan tashqari, katta xavf ostida yurishi tabiiy hol. Siyosiy hayotdagi turli qarama-qarshiliklar va noroziliklar to‘ntarishlardan tashqari, eng radikal oqibatlarga, ya’ni yetakchilarga nisbatan uyushtirilgan suiqasdlarga olib kelgan. Avraam Linkoln, Indira Gandi, Jon Kennedi kabi mashhur davlat rahbarlarining o‘limiga olib kelgan hujumlar haqida «Gazeta.uz» maqolasida.