Davlat mulkini 1 so‘m qiymatda sotish amaliyoti bekor qilindi

Prezident farmoni bilan davlat mulkini 1 so‘m qiymatda sotish amaliyoti bekor qilindi. obyektlar savdolarga bozor narxlarida chiqariladi. Mol-mulk sotilganidan keyin hududlar va davlat byudjeti ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushi 73 foizdan 87 foizgacha oshirildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nodir Musamuxamedov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xonadonida pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi

2022 yil 1 yanvardan ho‘l pilla hosilining 1 kg uchun 5 ming so‘m miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, qorako‘lchilikni yanada rivojlantirishga 200 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasi uchun qariyb $11 mln ajratadi

O‘zbekiston hukumati va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida maktabgacha ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun 10,9 mln AQSh dollar ekvivalentidagi kredit bitimi imzolandi.

O‘zbekistonning jahon xayriya indeksi bo‘yicha reytingi deyarli ikki baravarga oshdi

2020 yilda O‘zbekiston xayriya indeksi (World Giving Index) jahon reytingida 53-o‘rindan 29-o‘ringa ko‘tarildi. Pandemiya sharoitida odatda birinchi o‘ntalikka kiradigan mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Kanada, Niderlandiya) o‘rniga Indoneziya, Keniya va Nigeriya yuqori o‘rinlarni egalladi. Mutaxassislar ushbu mamlakatlarda xayriya yordamining ko‘payishini kambag‘al aholi qatlamlarining ahvoli yomonlashayotgani, shuningdek, fuqarolik jamiyati va ko‘ngillilar harakati faollashgani bilan izohlashmoqda.

O‘zbekiston 870 mln dollarlik suveren yevrobondlarni joylashtiradi

O‘zbekiston umumiy qiymati 870 mln dollarga teng bo‘lgan yevro obligatsiyalarini ikkita transhda chiqaradi. Dollarli transh 10 yil muddatga, so‘mda ko‘rsatilgan yevrobondlar esa 3 yoki 5 yilga chiqariladi, deya xabar berdi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi yangi elchisi tayinlandi

Muxsinxo‘ja Abduraxmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Oxirgi 4,5 yilda korrupsiya jinoyatlari oqibatida 3,2 trln so‘mlik ziyon yetkazilgan

Oxirgi to‘rt yarim yil ichida 9546 nafar shaxs turli ko‘rinishdagi korrupsion jinoyatlarni sodir etgan. Buning oqibatida davlat va fuqarolar manfaatlariga 3 trln 200 mlrd so‘mga yaqin ziyon yetkazilgan.

Davlat xizmatchisining xorijda ko‘chmas mulki bo‘lsa, yanvargacha uni yo‘qotishi kerak — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat xizmatchilarining xorijda mol-mulkka ega bo‘lishi 1 yanvardan taqiqlanishini eslatib, bunda ushbu davrgacha davlat xizmatida bo‘lgan paytda orttirilgan mulk ham inobatga olinishini ta’kidladi. “Agar bo‘lsa, yanvargacha yo‘qotish kerak unaqa mulkini. Meros bo‘lib qoladigan bo‘lsa ham, u merosni sotib yoki xadya bo‘ladigan bo‘lsa, uni ham o‘zidan begonalashtirishi kerak”, — dedi u.

Korrupsionerlarga jazoni o‘tashda yengillik berilmaydi — Oliy sud

Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning qayd etishicha, qonunchilikka o‘zgartirish kiritish orqali korrupsionerlarga jinoiy jazoni o‘tashda yengillik berilmaydi. Masalan, korrupsion jinoyatni sodir etganlar muddatidan oldin ozodlikka chiqarilmaydi, ularga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirilmaydi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Elektr ta’minotidagi uzilishlar biznesga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

Sifati buzilgan mahsulotlar, och qolgan mijozlar va ishlab chiqarishda yo‘qotilgan kunlar. “Gazeta.uz” tadbirkorlardan elektr ta’minotidagi uzilishlar ish faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini so‘radi.