Oliy Majlis Senatining Kengashi qarori bilan Muxsinxo‘ja Abduraxmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

M.Abduraxmonov 1974 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) va Otaru kommersiya universiteti (Yaponiya) bitiruvchisi.

Muxsinxo‘ja Abduraxmonov 2004−2006 yillarda “Coca Cola Ichimligi O’zbekiston” kompaniyasida menejer lavozimida ishlagan. Shuningdek, 2008−2018 yillarda “MTRUSTCo. Ltd” (Yaponiya) bosh direktori hamda 2018−2021 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

U mazkur tayinlovga qadar 2021 yildan Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.