Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar bermoqda “Nigoh” telegram-kanali.

Ma’lum qilinishicha, Nodir Musamuxamedov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar u Davlat bojxona qo‘mitasining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i edi.

Nodir Musamuxamedovning o‘rniga mazkur lavozimga Shovkat Salixov tayinlandi.