Milliy bog‘ o‘rnida Magic City ochildi

Poytaxtdagi Milliy bog‘ o‘rnida Magic City oilaviy ko‘ngilochar bog‘i ochildi. Birinchi bosqichda dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar, musiqiy favvora va boshqalar ochildi. “Yangilanayotgan Toshkentga yangilanayotgan bog‘lar, yangi yoshlar yarashadi”, — dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

“Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” MCHJlarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda

“Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan soxta tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish kabi holatlar yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent yer usti metrosining Halqa yo‘lida harakat tezligi sekinlashadi

Toshkent metropolitenining Halqa yo‘lida poyezdlarning tezligi havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab vaqtinchalik sekinlashadi.

TIV xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi

TIV polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi holatlari qayd etilganligi” sababli uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi.

Surxondaryodada infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotganini ma’lum qildi.

Surxondaryoning 4 ta tumanidagi tadbirkorlar 2024 yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Shavkat Mirziyoyev Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida ochiladigan yangi tadbirkorlik subyektlarini yer, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etishni taklif qildi.

IT Park o‘z majburiyatini bajarmagan 27 ta kompaniyaning rezident maqomini bekor qildi

IT Park direksiyasi o‘z majburiyatlarini bajarmagan 27 ta kompaniyaning maqomini bekor qildi. Rezidentlik maqomi bekor qilingan kompaniyalarning orasida — Oson Apteka, Hoop Club, Invan Soft, Filosofiya IT, Imenu, School-Service va boshqalar bor.

60 ta sektor rahbari 100 foiz ish vaqtini mahallada o‘tkazishi kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati faollari bilan uchrashuvida viloyatda mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish kerakligi haqida aytib o‘tdi.

“Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi, o‘qimaydi, deymiz. Chunki ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev anorchilik bo‘yicha ilmiy ishlar qilib kelayotgan bog‘bon ayol bilan suhbatdan so‘ng, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan yosh olimalarni ilg‘or xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. “Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi o‘qimaydi, deymiz. Chunki, ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da. Ayollarimizning bilimi, malakasi kuchli. Yuzaga chiqarish kerak”, — dedi prezident.

“Bu mamlakatda deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaganligini anglatadi” — Agneshka Pikulitska

Xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitska o‘z shaxsiy Twitter’ida TIV tomonidan uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslik to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi. U ushbu holatni “uning ovozini o‘chirishga urinish” va “mamlakatda deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaganligini anglatadi” deb izohladi.

Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilsa Eron, Pokiston portlariga yo‘l ochiladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan uchrashuvda Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilishining ilk bosqichlari uchun Jahon banki tomonidan 35 mln dollar mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.

Botanika bog‘ida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlandi

Poytaxt Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun “xavfsiz hudud” deb e’lon qilindi. Endi uning hududida velosiped, samokat va skuterda harakatlanish taqiqlanadi.

Kuchli shamol Jizzax va Uchquduqdagi uylarga zarar yetkazdi

Jizzaxda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib yubordi. Tomlarning yerga tushishi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi. Navoiyning Uchquduq tumanidagi bir nechta mahallalarda ham ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.

Qozog‘iston prezidenti Abdulla Aripovni “Do‘stik” ordeni bilan taqdirladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abudulla Aripovni “Do‘stik” ordeni bilan taqdirladi.

“Ramatov, suv ombori loyihasiga boshingiz bilan javob berasiz” — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev “To‘palang” suv ombori Surxondaryo aholisining suv bilan bog‘liq muammolarini hal qilishi kerakligini ta’kidlab, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni loyihaga mas’ul qilib tayinladi. Shuningdek, prezident koronavirusga qarshi kurashga 80 trln so‘m ketganligini, lekin u pulga achinmasligini aytdi.