Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z lavozimida ishlagan vaqtida tuman hududidan tadbirkorga 30 sotix yer maydoni ajratilishi uchun hokim qarorini chiqartirib berib, evaziga undan 35 ming dollar olgan. U olingan pulning bir qismini qaytarib berayotganida qo‘lga olindi. Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi yerlarni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan boshqa shaxslar ham ushlandi. Ulardan biri Parkent tumanida 5 gektar yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
Andijon tumanidagi sanoat hududida 30 sotix yerni tadbirkorga 15 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi. Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oylik axloq tuzatish jazosi tayinlangan.
Toshkent viloyatidagi korxona rahbari Q.T. 460 ga yerni bir tadbirkorga noqonuniy rasmiylashtirib berishni taklif qiladi. Evaziga esa 3 mln 720 ming AQSH dollari talab qiladi. Tadbirkordan aytilgan summani olayotgan vaqtida Q.T. ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinadi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting