DXX matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining sobiq xodimi mahalliy tadbirkorga Andijon tumanida joylashgan sanoat hududidan 30 sotix yer maydonini olib berishini aytadi.

Kadastr idoralaridagi tanishlari orqali tegishli qarorni chiqartirib berish uchun undan 15 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan puldan 5 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Sobiq kadastr xodimi muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.