«tokio-2020» tegli maqolalar


Tokio-2020. Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunladi
25 iyul 2021, 16:37

Tokio-2020. Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunladi

O‘zbekistonlik sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlarida saralash bahslarida 11-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Mazkur olimpiada Chusovitina uchun sakkizinchi olimpiada bo‘ldi. Avvalroq, u olimpiadadan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

Tokio-2020. 25 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali
25 iyul 2021, 03:01

Tokio-2020. 25 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunida yettita sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

Tokio-2020. Birinchi kunda o‘zbekistonliklar birorta ham g‘alabaga erishmadi
24 iyul 2021, 20:31

Tokio-2020. Birinchi kunda o‘zbekistonliklar birorta ham g‘alabaga erishmadi

Tokiodagi yozgi Olimpiadaning birinchi kunida bahslarga kirishgan qariyb barcha o‘zbekistonlik sportchilar mag‘lubiyatga uchrab, musobaqalarni tark etdi. Faqatgina eshkak eshuvchilar yarim finalda qo‘shimcha o‘rin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldilar.

Tokio-2020. 24 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali
24 iyul 2021, 07:50

Tokio-2020. 24 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari birinchi kunida sakkizta sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 iyul 2021, 21:35

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda 40 dan ortiq nodavlat tashkilotlarning tugatilgani, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qarshi norozilik namoyishlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi yangiliklar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi
23 iyul 2021, 11:34

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Avvalroq, mamlakat bayroqdorlari sifatida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov e’lon qilingan edi.

Suzish federatsiyasi rahbari vaqtincha ishdan chetlatildi
19 iyul 2021, 10:56

Suzish federatsiyasi rahbari vaqtincha ishdan chetlatildi

O‘zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher G‘aniyev vaqtincha ishdan chetlatildi. Avvalroq, o‘zbekistonlik suzuvchilar g‘irrom yo‘l bilan Olimpiadaga chiqishga urunishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. MOQ va Sport faxriylari kengashi ushbu holat «sport tamoyillariga mos kelmasligini va olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini» ta’kidladi.

Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladi
17 iyul 2021, 15:42

Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘lgan o‘zbekistonlik dastlabki ayol atlet sifatida tarixda qoladi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi toshkentlik sportchilarga 100 mln so‘mdan berildi
17 iyul 2021, 12:49

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi toshkentlik sportchilarga 100 mln so‘mdan berildi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.

Tokiodagi Olimpiadada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi
12 iyul 2021, 17:45

Tokiodagi Olimpiadada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 71 nafar sportchi himoya qiladi. O‘zbekistonlik sportchilar 17 ta sport turi bo‘yicha kurash olib boradilar — eng ko‘p sportchilar boks va dzyudoda (sportchilarning to‘liq ro‘yxati va ikkinchi kun musobaqalar dasturi).

Olimpiya zaxiralari kollejlariga qabul qilishda gender tenglikka doir tamoyillar ta’minlanadi
10 iyul 2021, 17:03

Olimpiya zaxiralari kollejlariga qabul qilishda gender tenglikka doir tamoyillar ta’minlanadi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya zaxiralari kollejlarining Paralimpiya sport bo‘limlariga yuborilgan sportchilar uchun qo‘shimcha 10 foizgacha kvota ajratish, shuningdek ushbu bo‘limlarda ota-onalardan o‘quv to‘lovlarini undirish tartibini bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir tamoyillari ta’minlanadi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan Toshkent viloyatilik sportchilarga mukofotlar topshirildi
5 iyul 2021, 13:33

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan Toshkent viloyatilik sportchilarga mukofotlar topshirildi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, Spark rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirildi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev musobaqadan oldin sportchilarning kayfiyatini ko‘tarish kerakligi haqida aytgan edi. “Qancha ularni e’tirof etsak ularda g‘alabaga ehtiyoj paydo bo‘ladi”, — degan edi prezident.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi
25 iyun 2021, 16:45

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi

Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.

Sabina Tashkenbayeva badiiy gimnastika bo‘yicha birinchi Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi
31 may 2021, 13:21

Sabina Tashkenbayeva badiiy gimnastika bo‘yicha birinchi Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Italiyadagi Jahon kubogida Sabina Tashkenbayeva badiiy gimnastika bo‘yicha Tokio olimpiadasiga yo‘llanma beradigan litsenziyani qo‘lga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting