«soliq qo‘mitasi» tegli maqolalar


Soliq qo‘mitasi QQS to‘lash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazadi
13 fevral 2023, 09:47

Soliq qo‘mitasi QQS to‘lash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazadi

Soliq qo‘mitasi 1 oktabrgacha intizomsiz soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni noqonuniy qoplashni oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazadi. Bu firibgarlik sxemalardan foydalanib, asossiz soliq nafi olish bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi.

1-yanvardan Tax Free tizimi joriy etiladi
10 noyabr 2022, 14:37

1-yanvardan Tax Free tizimi joriy etiladi

1-yanvardan boshlab xorijliklarga ayrim tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishning Tax Free tizimi joriy etiladi. Tizim Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida tadbiq etiladi. 2024-yildan esa bosqichma-bosqich barcha chegara o‘tkazish punktlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik soliqlardan 2,7 trln so‘m qarzdor — Soliq qo‘mitasi
30 sentabr 2022, 17:57

Deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik soliqlardan 2,7 trln so‘m qarzdor — Soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik mol-mulk va yer solig‘idan 2,7 trln so‘m qarzdor ekanini ma’lum qildi. Sohalar kesimida eng ko‘p qarzdorlik qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarda ekani ko‘rsatildi.

Yil boshidan beri xodimlarga 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblangan — Soliq qo‘mitasi
3 avgust 2022, 15:56

Yil boshidan beri xodimlarga 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblangan — Soliq qo‘mitasi

Davlat Soliq qo‘mitasi shu yilning birinchi yarmida 5,4 mln kishiga jami 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblanganini ma’lum qildi. O‘rtacha oylik maosh miqdori — 2,8 mln so‘mni tashkil etmoqda. Eng ko‘p ish haqi Toshkent va Navoiyda, eng kami esa Farg‘ona va Sirdaryoda to‘lab berilgan.

«Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q». Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalaridagi vaziyat haqida
15 iyul 2022, 16:33

«Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q». Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalaridagi vaziyat haqida

Internetda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida metan narxi 3000−3100 so‘mgacha oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi gaz narxi eski tarifda qolganligi sababli «metan narxi oshganiga obyektiv sabablar yo‘qligini» ma’lum qildi. Vaziyatga «O‘ztransgaz» va Soliq qo‘mitasi ham munosabat bildirdi.

Yil boshidan beri iste’molchilarga 180,5 mlrd so‘m keshbek to‘landi
30 iyun 2022, 16:33

Yil boshidan beri iste’molchilarga 180,5 mlrd so‘m keshbek to‘landi

Soliq qo‘mitasi yil boshidan 27 iyunga qadar iste’molchilarga jami 180 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Keshbek cheklarini taqdim etish bo‘yicha Korzinka, Havas va Makro savdo do‘konlari yetakchilik qilmoqda.

Soliq qo‘mitasi chek berilmagani uchun tadbirkorlarni tekshirish qoidalarini yumshatdi
30 may 2022, 18:05 1

Soliq qo‘mitasi chek berilmagani uchun tadbirkorlarni tekshirish qoidalarini yumshatdi

1 iyundan boshlab chek bermagan tadbirkorlarni soliq xizmati organlari tomonidan tekshirish qoidalari o‘zgarmoqda. Endi birinchi shikoyatdan so‘ng tadbirkor darhol jazolanmaydi, lekin u bilan profilaktik suhbat o‘tkaziladi. Shuningdek, fuqarolar 24 soat ichida ikkitadan ortiq murojaat yubora olmaydi.

Suv va ichimlik ishlab chiqaruvchilari nima uchun majburiy markirovkadan norozi? DSQ munosabati
1 iyul 2021, 18:36

Suv va ichimlik ishlab chiqaruvchilari nima uchun majburiy markirovkadan norozi? DSQ munosabati

Suv va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchilari markirovka bo‘yicha tajriba loyihasini to‘xtatishga chaqirmoqda, ularning fikricha, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Soliq qo‘mitasi kompaniyalar xavotirlarini asossiz deb atab, ularning loyihada qatnashish haqidagi kelishuvni imzolab bo‘lganlarini ma’lum qildi.

Jahon banki O‘zbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun $60 mln ajratadi
17 iyun 2021, 15:05

Jahon banki O‘zbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun $60 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistondagi soliq ma’muriyatchiligi tizimini isloh qilish uchun 60 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi. Loyiha doirasida Davlat soliq qo‘mitasining operatsion, institutsional va texnologik salohiyatini rivojlantirish hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorini qisqartirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘riladi.

Soliq qo‘mitasi kasaba uyushmasi va Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmaydi
11 may 2021, 13:08

Soliq qo‘mitasi kasaba uyushmasi va Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmaydi

Davlat soliq qo‘mitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmaslikka qaror qilindi. «Har ikki tomonning ham maqsadi va maslagi birligi, ya’ni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligi yo‘lida xizmat qilish ekanligi ta’kidlandi», — deya qayd etdi qo‘mita.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting