«savdo-sanoat palatasi» tegli maqolalar


Toshkentda “Paxtakor” stadioni yonidagi avtoturargoh o‘rnida biznes markazi quriladi
8 aprel 2024, 21:42

Toshkentda “Paxtakor” stadioni yonidagi avtoturargoh o‘rnida biznes markazi quriladi

Rossiyaning “Stroyproyekt” kompaniyasi Toshkentda 10 million dollarga biznes markazi quradi. U Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi va “Paxtakor” stadioni o‘rtasidagi avtoturargoh o‘rnida joylashadi. Savdo-sanoat palatasi qurilish vaqtida birorta daraxtga zarar yetkazilmasligiga ishontirdi.

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi
12 mart 2024, 16:05

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi. U chet eldan mutaxassislar jalb etib, eksportchilar yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, milliy brendlarni xorijda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

Umumiy ovqatlanish uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasi joriy etilishi mumkin
29 fevral 2024, 19:42

Umumiy ovqatlanish uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasi joriy etilishi mumkin

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasini joriy etish taklif qilinmoqda. Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov umumiy ovqatlanish korxonalariga QQS bo‘yicha yagona soliq solish tartibi joriy etishni taklif qildi.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-fevraldan joriy etiladi
24 yanvar 2024, 12:38

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-fevraldan joriy etiladi

Qonunchilikka amal qilib ishlayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi 1-martdan emas, 1-fevraldan joriy etilishi belgilandi. Tadbirkorlar reyting doirasida 4 ta toifaga ajratiladi va shunga mos ravishda rag‘batlantiriladi.

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi
18 dekabr 2023, 16:37

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Vazirlikning viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi. Ularning vazifalari hamda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalari Savdo-sanoat palatasiga o‘tkaziladi.

To‘ra Bobolov yangi lavozimda ish boshlagani ma’lum bo‘ldi
27 fevral 2023, 14:24

To‘ra Bobolov yangi lavozimda ish boshlagani ma’lum bo‘ldi

2022 yil dekabrda Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan. U O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida birinchi o‘rinbosar va kengash hamraisi bo‘lib ishtirok etdi.

Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi
25 dekabr 2022, 10:51

Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov yangi ta’sis etilgan Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi. Palata raisi Davron Vahobov ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Prezident tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi
20 iyul 2021, 22:16 1

Prezident tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Davlat rahbariga savollar, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha g‘oya va takliflarni 31 iyulga qadar yuborish mumkin.

Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda
21 iyun 2021, 08:51

Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda

Adliya vazirligi tadbirkorlar uchun yagona huquqiy manba — Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatning qabul qilinishi qonun hujjatlarini me’yorlashtirish va davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini qisqartirishga xizmat qiladi.

“Biz baribir tabaqalashtirilgan QQSga kelamiz” — Adham Ikromov
23 dekabr 2020, 22:46 1

“Biz baribir tabaqalashtirilgan QQSga kelamiz” — Adham Ikromov

Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston toifalar va tarmoqlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan QQSga o‘tadi. Uning gaplariga ko‘ra, imtiyozlar va preferensiyalarga ega bo‘lgan kuchli o‘rta biznessiz mamlakat “hech qachon boshqa davlatlar bilan yetarlicha raqobatlasha olmaydi”.

Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlashning yangi tartibini taklif qildi
19 noyabr 2020, 16:39

Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlashning yangi tartibini taklif qildi

Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlash borasida taklif qilayotgan yangi tartibiga ko‘ra, sub’ektlar kichik, o‘rta va yirik korxonalarga ajratilib, ularning o‘rtacha tushum miqdorlari belgilab qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting