Yaqin vaqtlarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi, deyiladi xabarda.

20 iyuldan 31 iyulgacha tadbirkorlar o‘z faoliyatiga bog‘liq masala, biznesini kengaytirish va rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaatlarni tumanlardagi tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari yoki shtab «Call-markazi»ning 11−00, (71) 238−52−52, (78) 150−60−06, (71) 202−09−06 telefon raqamlari hamda Savdo-sanoat palatasining quyidagi internet tarmoqlari orqali yetkazish mumkin:

Telegram: t.me/uzchamber yoki @taklif_bot boti;

vebsayt: chamber.uz;

Facebook: fb.com/uzchamber;

Instagram: instagram.com/uzchamber;

E-mail: info@chamber.uz.

Manzil: Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 4-uy. Indeks: 100047.