O‘zbekiston prezidentining tavsiyasi bo‘yicha Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi, deya xabar bermoqda palata matbuot xizmati.

Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi yangi ta’sis etilgan va jamoatchilik asosidagi lavozim hisoblanadi. Ayni vaqtda Adham Ikramov Sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini ham davom ettirmoqda.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Eslatib o‘tamiz, Adham Ikramov 2022 yilning fevral oyida vazir lavozimiga tayinlangan edi.