O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi. Sammit 2-iyun kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘ladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotini suverenitet, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikka tahdidlarni yengish uchun birgalikdagi imkoniyatlarni oshirishga chaqirdi.
Turkiy kengash o‘rniga qayta tashkil etilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Senat raisi Tanzila Narbayeva pandemiya va jahondagi geosisyosiy vaziyat tufayli kelajak qanday bo‘lishini bashorat qilib bo‘lmayotganini ta’kidladi.
Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uch tomonlama muzokara o‘tkazadi. «Bu mutlaqo yangi mexanizm», — dedi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida nutq so‘zlab, to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Xususan, 500 mln aholi yashaydigan IHTga a’zo davlatlarini savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, davlat rahbari ishtirokchilarni navbatdagi sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga taklif etdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi 6 avgust kuni Turkmanistonning «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadi. Sammitga tayyorgarlik masalalari prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
AQSh va Rossiya prezidentlari Jenevada yuzma-yuz ko‘rishib, kiberxavfsizlik, inson huquqlari, mintaqaviy mojarolar va boshqa mavzularni muhokama qildi. Jo Bayden suhbat ohangini «yaxshi va ijobiy» deb atagan bo‘lsa, Vladimir Putin «sammitda hech qanday dushmanlik bo‘lmaganini» ta’kidladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2021 yilga qoldirilgan uchinchi maslahat uchrashuvi vaqti hozircha ma’lum emas, biroq O‘zbekiston uning yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishini kutmoqda. «Onlayn format ko‘zda tutilayotgani yo‘q», — dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlari onlayn-sammit yakunlari bo‘yicha raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum, EDCF bilan hamkorlik bo‘yicha 1 mlrd dollarlik dasturni amalga oshirish bo‘yicha bitim va boshqa hujjatlarni imzoladilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting