Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bu 2021 yil noyabr oyida Turkiy Kengash o‘rniga tuzilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘ladi.

Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomida.