Ekologik toza texnologiyalarga kiritiladigan investitsiyalar 2023-yilda 1,7 trln dollargacha oshadi va birinchi marta an’anaviy energiyaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni ortda qoldiradi. Jumladan, quyosh generatsiyasiga 380 mlrd dollar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Energetika vazirligi quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tanlov natijasi bekor qilinganini bildirdi. Qariyb 2 trln so‘mlik tanlovning barcha — 6 ta lotida ikkita kompaniya g‘olib chiqqan. Tanlov noto‘g‘ri tashkil etilgani uchun energetika vaziri ichki tekshiruv e’lon qildi.
Bag‘dod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari o‘z xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatishga majburlangani aytilgandi. Hokimlik va bo‘lim bunday topshiriq bo‘lmagani, hisobchi va kotibadan “noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun” tushuntirish xati olinganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi iste’moli keskin oshadigan yoz fasli uchun O‘zbekistonda energiya ta’minotiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Hokimlarning kutilayotgan yuklama hajmini qoplash yuzasidan hisob-kitoblari yo‘qligi tanqid qilindi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda quyosh panellarini o‘rnatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berilishi belgilandi. 2 oyda o‘zgarish qilmasa, ular ishdan olinadi.
O‘zbekistonda muqobil energiya obyektlarini ishga tushirish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 1 dekabrgacha nollashtirilishi mumkin. Shunday qaror qabul qilinsa, muammoli kreditlar bo‘yicha 2 xonali raqamlarga duch kelish ehtimoli bor, — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.
Toshkent shahridagi 1000 dan ortiq budjet tashkilotiga quyosh batareyalari o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 390 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda yangi ko‘p qavatli uylar tomlarining bo‘sh qismining kamida 50 foiziga quyosh batareyalarini o‘rnatish talabi joriy etildi. Bu haqda prezident qaror qabul qildi.
O‘zbekistonda uylarga kichik quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha «Quyoshli xonadon» dasturi boshlanadi. 2023 yilda 37 ming aholi xonadoniga panellar o‘rnatish rejalashtirilgan. Yagona elektr energetika tizimiga o‘tkazilgan har bir kVt/soat uchun 1000 so‘m subsidiya ajratiladi.
Andijon va Navoiy viloyatlarida aholi quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimliklar jarayon «faqat tavsiya sifatida» va «hech bir majburlovlarsiz» kechayotganini bildirdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, «ratsional harakat ongli va ongsiz ravishda obro‘sizlantirilmoqda».
Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarlari Fransiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda poytaxtdagi qator obyektlarga quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. «Loyihaning texnik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari takomiliga yetkazilmoqda», — deyiladi axborotda.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kam ta’minlangan oilalarga televizor yoki boshqa texnikalar sovg‘a qilish ularning elektr uchun xarajatlarini oshirayotgani, yordam so‘rayotganlarning aksariyati elektrdan qarzdorligini ma’lum qildi. U texnikalar o‘rniga quyosh panellari berishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting