«pul o‘tkazmalari» tegli maqolalar


Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi
18 yanvar 2022, 13:11

Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi

2021-yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston Qozog‘istondan 639 mln dollar qabul qilib olgan, 102 mln dollar mablag‘ esa qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan. Shu tariqa Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekiston hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

«Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari» to‘lov tizimi yaratiladi
27 dekabr 2021, 16:42

«Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari» to‘lov tizimi yaratiladi

Milliy bank protsessing markazi negizida xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun «Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari» to‘lov tizimi ishlab chiqiladi. U pul o‘tkazmalarini «boshqa to‘lov tizimlari bilan bir qatorda jismoniy shaxslarning iltimosi va ixtiyoriy tanloviga ko‘ra» amalga oshiradi.

2021 yilda O‘zbekistonga migrantlarning pul o‘tkazmalari 7,6 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda
19 noyabr 2021, 18:01

2021 yilda O‘zbekistonga migrantlarning pul o‘tkazmalari 7,6 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonga mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajmi 2021 yilda qariyb 7,6 mlrd dollarni yoki mamlakat YAIMning 11,6 foizini tashkil etishi kutilmoqda. Global makroiqtisodiy prognozlarga muvofiq, 2022 yilda pul o‘tkazmalari hajmi 2,6 foizga o‘sishi kutilmoqda.

9 oyda xorijdan O‘zbekistonga $5,7 mlrd miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan
21 oktabr 2021, 19:17

9 oyda xorijdan O‘zbekistonga $5,7 mlrd miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 34,2 foizga o‘sdi.

Yanvar-avgust oylarida xorijdan O‘zbekistonga $4,9 mlrd pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan
10 sentabr 2021, 11:52

Yanvar-avgust oylarida xorijdan O‘zbekistonga $4,9 mlrd pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy davomida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 35 foizga ko‘proq.

Yanvar-aprel oylarida pul o‘tkazmalari deyarli 2 mlrd dollarni tashkil qildi
12 may 2021, 15:42

Yanvar-aprel oylarida pul o‘tkazmalari deyarli 2 mlrd dollarni tashkil qildi

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 1,99 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 mln dollarga oshdi.

Yanvar-mart oylarida pul o‘tkazmalari 1,42 mlrd dollarni tashkil qildi
15 aprel 2021, 17:14

Yanvar-mart oylarida pul o‘tkazmalari 1,42 mlrd dollarni tashkil qildi

2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 1,42 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 336 mln dollarga oshdi.

Pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining kamayishiga sabab bo‘la olmadi
2 aprel 2021, 12:02

Pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining kamayishiga sabab bo‘la olmadi

Jahon banki tahlilchilari pul o‘tkazmalari hajmi 19,7 foizga qisqarishini prognoz qilgandi. Shunga qaramay, pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatmadi.

Yil boshidan buyon pul o‘tkazmalari 892 mln dollarni tashkil qildi
12 mart 2021, 15:44

Yil boshidan buyon pul o‘tkazmalari 892 mln dollarni tashkil qildi

2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 892 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p.

11 oyda O‘zbekistonga 5,44 mlrd dollar jo‘natildi
16 dekabr 2020, 21:45

11 oyda O‘zbekistonga 5,44 mlrd dollar jo‘natildi

Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kamayib, 5,44 mlrd dollarni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida pul o‘tkazmalari bo‘yicha 4,36 mlrd dollarga teng bo‘lgan ijobiy saldo o‘rnatildi.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori barqarorlasha boshladi
14 iyul 2020, 14:31

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori barqarorlasha boshladi

Iyun oyida O‘zbekistonga 621 mln dollar jo‘natildi, bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Olti oy ichidagi o‘tkazmalarining umumiy hajmi 2,4 mlrd dollarni tashkil etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting