«Oldimizda tashvish bor — 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari. Agar ungacha tashkillashtirishga ulgurmasak, unda prezident saylovlaridan keyin darhol birinchi tashrifni Rossiya Federatsiyasiga uyushtirish taklifi bor», — dedi TIV rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tayyorlanayotgan tashrifi haqida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangandagi 26-Mehribonlik uyiga tashrifi chog‘ida bag‘riga bosgan qizaloq oilasiga qaytdi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri hokimi va prokurorini «Bunyodkor» mahallasining holati uchun tanqid qildi. «Bu sizning yuzingiz», — dedi u, IIB tayanch punktining oqlanmagan devorlarini ko‘rsatib.
Namangan viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar kutubxonasiga tashrif buyurish o‘rniga, rejalashtirilmagan tarzda Namangan markazidan 18 km uzoqlikda bo‘lgan «Bunyodkor» mahallasiga yo‘l oldi. Prezident u yerda mahalliy aholi bilan suhbatlashdi.
O‘zbekiston prezidenti aholini kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga to‘xtalib, «endi pul berilmasligini, kim nimaga qodirligiga qarab imkoniyat yaratilishini» ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev vazir va davlat idoralari rahbarlariga muammoli hududlarda aholi bilan birga yashab, masalalarni hal etishni buyurdi. «O‘sha uyda yotasizlar, yotib, o‘sha uyni ishini qilib, keyin chiqib ketasizlar», — dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini va uning aholisini nega boshqa hududlarga namuna sifatida ko‘rsatishi haqida gapirdi. «Namanganliklarda tadbirkorlik, birlashish, natijaga ishlash degan odat bor. Ish uslubi madaniyati juda yuqori», — dedi u. Davlat rahbari pandemiya davrida viloyatning yalpi ishlab chiqishi 5 foizdan oshganini qayd etib, «hech qaysi viloyatda bunday natija bo‘lmaganini» aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi chog‘ida mamlakat rivojiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni qayd etdi. Uning fikricha, kadrlar masalasi, korruputsiya va davlat idoralari rahbarlarining saviyasi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga yo‘l oldi. Tashrif davomida sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma’lumot taqdim etildi. Loyihalarning umumiy qiymati 35,5 trln so‘m bo‘lib, ular natijasida yiliga 25 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi aytildi.
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.
Prezident Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda bosh vazirga topshiriq berib, «har oy davlat dasturini bajarmagan rahbarlarni ishdan bo‘shatishini» aytdi.
Andijon viloyatida trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 126 million yevrolik to‘qimachilik kompleksi ishga tushiriladi. Toshkent viloyatida velosipedlar ishlab chiqariladi. Shu va boshqa investitsiya loyihalari prezidentga taqdimot qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi yig‘ilishida deputatlar ijro hokimiyatidan yetarlicha talab qilmayotganligini ta’kidladi. «Ijro hokimiyatidan farg‘onacha emas, sal achchiqroq talab qilishlaringiz zarur», dedi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalar bilan tanishish uchun Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
«Biz mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq deyarli barcha masalalarni prezident hujjatlari bilan tartibga solishga majbur bo‘lyapmiz», — deya ta’kidladi prezident siyosiy partiya rahbarlari bilan uchrashuvda. Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar tashabbusi bilan taklif etilgan qonunlar soni «barmoq bilan sanarli».
10 ta yirik tijorat banki tomonidan umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Asaka banki ishtirokida Toshkent shahrining «Eski shahar» hududida savdo shaharchasi barpo etilishi, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan esa «Urgut» da umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlari onlayn-sammit yakunlari bo‘yicha raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum, EDCF bilan hamkorlik bo‘yicha 1 mlrd dollarlik dasturni amalga oshirish bo‘yicha bitim va boshqa hujjatlarni imzoladilar.
Shavkat Mirziyoyev bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga tumanlar bo‘ylab korrupsiya sabablarini o‘rganishni buyurdi. «Suvga, svetga shuncha qarz olindi. Hamma joyda o‘g‘irlik. Maktab, kollejlar qurilishida ham. Hamma joyda korrupsiya», — ta’kidladi davlat rahbari.
«Keraksiz majlislarni o‘tkazishni tugatish kerak» — dedi prezident videoselektor yig‘ilishida. Davlat rahbari 40 daqiqadan ko‘proq yig‘ilish o‘tkazadigan davlat organlari rahbarlari ishdan ketishini aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 million kishidan ortiq bo‘lgan 18−30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etishini ma’lum qildi. Yoshlar muammolarini hal etish uchun hududlarda sektor rahbarlari mas’ul bo‘ladi. 2021 yilda 500 ming nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting