26 yanvar kuni imzolangan farmon bilan prezidentga o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etish huquqi berildi. Bunda afv etilayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘lishi talab etilmaydi.
Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi tashrifi doirasida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. «Buxoroning bugungi rivoji ma’qulmi, degan savolga mening javobim: yo‘q. Korrupsiya, poraxo‘rlik barham topmayapti», — dedi davlat rahbari. Prezident muammolarni bartaraf etishda mahallaning roli oshirilishiga to‘xtaldi.
Davlat rahbari madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlariga oid qonunga imzo chekdi. Ushbu hujjat 29 yil deganda birinchi marotaba qabul qilinmoqda. Qonun bilan madaniyat muassasa va tashkilotlariga “Milliy” yoki “Akademik” maqomi Hukumat taqdimnomasiga binoan prezident tomonidan berilishi belgilanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHning yangi prezidenti Jo Baydenni davlat rahbari lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi.
Yunusobod tumanidagi mahalla raisining birinchi o‘rinbosari prezident bilan uchrashuvda nikohdan keyin 2−3 yil muddatga ajrashishlarni taqiqlashni va televideniyega senzura qo‘yishni taklif etdi. U «o‘zbek mentalitetiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan» deb hisoblaydigan Yor-Yor dasturini misol qilib keltirdi. Shavkat Mirziyoyev cheklash va taqiq qo‘yish bilan muammo hal bo‘lmasligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev xorijda ta’lim olgan yoshlarni katta lavozimlarga tayinlaganda ularda shoshib qolish holatlari kuzatilayotganini ta’qidladi. Davlat rahbari bunday yoshlarga milliy tarix va qadriyatlarning o‘rni haqida aytib o‘tdi.
Prezident yaqinda tayinlangan oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga ko‘p vazifalar berganligini ta’kidladi. «Agar unga qandaydir rektor yoqmasa, u rektor ketadi. Men unga katta vazifalar yukladim. U uxlamay ishlaydi», — dedi davlat rahbari. Shavkat Mirziyoyev rektorlar dars bermasligini tanqid qilib, dars bermagan taqdirda tarbiya va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish lozimligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovni lavozimidan ozod etish niyati bo‘lganligini ma’lum qildi, ammo u «uch oy ichida topshiriqni bajara olishini» aytgan. Prezident, shuningdek, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev hokim Jahongir Ibrohimovning Yunusobod tumaniga «yangi kuch» sifatida kelganini aytdi. «Hokim „raskladushka“ bilan keldi rayonga. U hokimiyatda yotmaydi, balki sektor mahallasida borib yotadi», — dedi prezident. U bir oy ichida prokuror, Davlat soliq inspeksiyasi va Ichki ishlar boshqarmasi rahbarlarining taqdiri hal bo‘lishini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rish bilan boshladi. Davlat rahbari mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.
O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi. Unda prezident administratsiyasining rahbariyati tarkibi bilan tanishish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bayramdan oldin go‘sht, shakar, guruch, o‘simlik yog‘i narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi. Bosh vazirga ushbu mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish topshirig‘i berildi.
Bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million metr kub tanqislik mavjud, deya ta’kidladi prezident. Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha topshiriq berib, buning hisobiga, kuniga 7−8 million metr kub gaz qo‘shimcha ravishda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilishini aytdi.
Prezident Urganch shahridagi yig‘ilishda har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo‘yicha tizimli ishlashi kerakligini ta’kidladi. «Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi», dedi u. Shavkat Mirziyoyev «mahalla raisi — islohotchi» tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev 2021-yildan Yevropa mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Yaponiya bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash, yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Prezident Uzbekistan Airways chiptalari narxi balandligi tanqid qildi va uni arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev respublika bo‘yicha bor-yo‘g‘i 22 foiz aholining jamoat transportidan foydalanayotgani va avtobuslar sifati pastligini ta’kidladi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning narxi xorijnikiga nisbatan yuqori ekani ham qayd etildi.
9 oyda 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyihada ishlab chiqarish hajmi ta’minlanmagan. Oqibatda 720 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo‘qotilgan. Davlat rahbari qolgan 3 oyda $7 mlrdlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy loyihani ishga tushirish muhimligini ta’kidladi.
Prezident Sirdaryoda fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari paxtani qayta ishlab, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, qo‘shimcha qiymat yaratish muhimligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting