Toshkentda o‘z tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ushlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sh. E. fuqaro B.T. va E.J.ni ushbu institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 6000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.