Buxoro shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotining mudirasi xodimni ishga saqlab qolish uchun 300 ming so‘m talab qilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tergov departamentining Buxoro shahar bo‘limi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda fuqaro M.R. arizasiga asosan 28 sentabr kuni operativ tadbir o‘tkazildi.

Mudira, Buxoro shahrida yashovchi, 1979 y.t. fuqaro F.S. 300 ming so‘m pulni xizmat xonasida olgan vaqtida ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 168-modda 3-qismi bilan (xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.