Hazorasp tumanidagi maktab o‘qituvchisi S.D. fuqaro S.ning qizini tanishlari orqali oliy uquv yurtiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ushbu holat bo‘yicha S.D.ning ko‘rsatuvlariga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir Toshkent shahrida davom ettirildi. Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi L.S. xorazmlik S.D.dan fuqaro S.ning qizini ushbu universitetga tanishlari orqali o‘qishga kiritib berishni va’da qilib, evaziga 3,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan S.D. va L.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.