«onkologiya» tegli maqolalar


Prezident: budjetdan mablag‘ ajratilsa-da, onkologik bemorlar dorilarni 10 barobar qimmat sotib olishga majbur
5 fevral 2024, 15:27

Prezident: budjetdan mablag‘ ajratilsa-da, onkologik bemorlar dorilarni 10 barobar qimmat sotib olishga majbur

Prezident onkologik bemorlarga dorilar vaqtida yetib bormasligiga sabab bo‘layotgan “o‘yinlar”ni tanqid qildi. “Endokrinologiya, kardiologiya, shoshilinch xizmatda ham bunday faktlar yetarli”, — dedi u. Davlat rahbari, shuningdek, dorilarning yashirin aylanmasiga yetarli chora ko‘rilmayotgani haqida ham gapirdi.

Onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot joriy qilinadi
5 fevral 2024, 14:20

Onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot joriy qilinadi

O‘zbekistonda onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot berish joriy qilinadi. Bu tajriba 1-maydan Qashqadaryoda boshlanadi va kelgusi yildan boshqa hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni onkologiyaning eng xavfli turlaridan biri hisoblanadi. U bilan qanday kurashish mumkin?
31 yanvar 2024, 20:46

O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni onkologiyaning eng xavfli turlaridan biri hisoblanadi. U bilan qanday kurashish mumkin?

Ko‘krak bezi saratoni O‘zbekistonda saraton kasalliklari orasida o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, biroq uni erta bosqichlarida davolash mumkin. Diagnostika uchun mammograflar, malakali radiolog va rentgen-laborantlar kerak. Kasallik haqida batafsil — “Gazeta.uz” materialida.

“Toshkentda „otalar choyxonasi“ va gullar uchun pul bor, lekin hospis uchun yo‘q”. Shifokorlar — hospis qurilishini yakunlash kechiktirilgani haqida
22 dekabr 2023, 11:44

“Toshkentda „otalar choyxonasi“ va gullar uchun pul bor, lekin hospis uchun yo‘q”. Shifokorlar — hospis qurilishini yakunlash kechiktirilgani haqida

Onkologlar Toshkent budjetida saratonga chalinganlar bilan ishlash tajribasidan butun mamlakat bo‘ylab foydalaniladigan hospis qurilishi uchun “pul yo‘qligi”dan norozi. Parlamentda hokimlik vakili pul yetishmasligini aytdi. Deputatlar chora ko‘rish va aprelga qadar qilingan ishlar yuzasidan hisobot berishni so‘radi.

Onkologiya markazi ham savdodan olib tashlandi
20 dekabr 2022, 10:23

Onkologiya markazi ham savdodan olib tashlandi

Onkologiya markazining poytaxt va Toshkent viloyati filiallari sotuvdan olib tashlangandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, markazning o‘zi ham savdodan olib tashlangan.

Onkologiya markazining Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari sotuvdan olindi
16 dekabr 2022, 17:54

Onkologiya markazining Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari sotuvdan olindi

Noyabr oyida Respublika onkologiya markazi va uning Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati filiallari elektron-onlayn auksionga qo‘yilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, markazning ikki filiali sotuvdan olingan, markazning o‘zi yangi kompleksiga ko‘chib o‘tadi.

Yagona onkologiya majmuasi Mimar Group tomonidan yopiq qaror asosida qurilmoqda
25 noyabr 2022, 22:27

Yagona onkologiya majmuasi Mimar Group tomonidan yopiq qaror asosida qurilmoqda

Respublika onkologiya markazi, uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallarini birlashtirgan umumiy qiymati 600 mlrd so‘mlik yagona onkologiya majmuasi qurilishi Mimar Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining yopiq qarorida ko‘zda tutilgan, deya ma’lum qildi SSV vakili.

Onkologiya markazi, uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallari bir kompleksga birlashadi
21 noyabr 2022, 15:20

Onkologiya markazi, uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallari bir kompleksga birlashadi

Toshkentning Shifokorlar ko‘chasida Onkologiya markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda. Unda Onkologiya markazi, uning Toshkent shahar va Toshkent viloyati filiali joylashtiriladi. Bo‘shagan 3 ta bino sotuvga qo‘yildi.

2022 yildan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi mustaqil faoliyat yuritadi
15 oktabr 2021, 15:13

2022 yildan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi mustaqil faoliyat yuritadi

2022 yildan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi. Bemorlarga Toshkentga temir yo‘l va aviatransport kelish harajatlari qoplab beriladi. Buning uchun ularga imtiyozli yo‘llanma yoki vaucherlar beriladi.

Toshkent shahri va viloyati onkologiya kasalxonalari yagona muassasa sifatida birlashtiriladi
15 iyun 2021, 09:40

Toshkent shahri va viloyati onkologiya kasalxonalari yagona muassasa sifatida birlashtiriladi

Onkologik kasalliklar bo‘yicha eng ko‘p murojaatlar poytaxt va Toshkent viloyati filiallariga to‘g‘ri kelmoqda. Ularda barcha bemorlarning qariyb 37 foizi davolangani qayd etildi. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalarini yagona muassasa sifatida birlashtirish taklifi bildirildi. «Natijada salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanib, davolash sifati oshadi, bemorlar sarson bo‘lishining oldi olinadi», — deya ta’kidladi prezident matbuot xizmati.

Janubiy Koreya tajribasi va texnologiyalari asosida onkologik shifoxonalar quriladi
3 iyun 2021, 18:08

Janubiy Koreya tajribasi va texnologiyalari asosida onkologik shifoxonalar quriladi

Janubiy Koreya O‘zbekistonga onkologik shifoxonalar qurish tajribasi va texnologiyalarini taqdim etadi. Toshkentda ixtisoslashtirilgan onkologik kasalxonalar qurish tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkologik kasalliklarga chalinganlarga yordam berish fondi tashkil qilinadi
14 aprel 2021, 11:41

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkologik kasalliklarga chalinganlarga yordam berish fondi tashkil qilinadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkogemotologik va davolash murakkab bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashga ko‘maklashish uchun jamg‘arma tashkil etilmoqda. Fond tibbiy uskuna va dori-darmonlarni, reaktivlarni sotib oladi va operatsiya uchun xorijdan mutaxassislarni taklif qiladi.

Ezgu Amal fondi onkologik yordam sifatini yaxshilashni so‘rab, prezidentga murojaat qildi
4 fevral 2021, 17:34

Ezgu Amal fondi onkologik yordam sifatini yaxshilashni so‘rab, prezidentga murojaat qildi

«Tibbiyotimiz darajasini tubdan yaxshilash va saraton kasalligiga chalingan bolalarga yashash imkonini berish zarur». Ezgu Amal jamoat fondi prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha tashxis qo‘yish va davolash siftaini yaxshilashni so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting