«ochiq budjet» tegli maqolalar


19 may 2022, 11:46

Poytaxt va 7 ta hudud hokimiyatlari mahalliy budjetlar ochiqligi bo‘yicha talablarni buzdi

Toshkent shahri va 7 ta hudud hokimiyatlari ochiq ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid ravishda mahalliy budjetlarning ijrosi va birinchi chorakda mablag‘larni yo‘naltirish maqsadlari to‘g‘risidagi axborotlarni joylashtirmagan. Ular Antikorrupsiya agentligi tomonidan ogohlantirildi.

7 aprel 2022, 23:36

Fuqarolarning yana 139 ta tashabbusiga 85,4 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident qarori bilan «Ochiq budjet» portalida tashabbuskor budjet doirasidagi 139 ta loyihani moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 85,4 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Gap har biri 2000 dan ortiq ovoz olgan (jami 480 mingdan ortiq ovoz), lekin ovoz berish jarayonida g‘olib deb topilmagan loyihalar haqida bormoqda.

25 noyabr 2021, 08:55

2022 yilda O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 33,5 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda

2022 yil yakuniga umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollar yoki YAIMga nisbatan 45,2 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shundan, davlat tashqi qarzi 30,4 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 41 foizni tashkil etadi. 2022 yilda kutilayotgan budjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallanmoqda.

23 sentabr 2021, 17:42 1

«Ochiq budjet» axborot portalidagi jamoatchilik fikri orqali ichki yo‘llar ta’mirlanadi

Prezident 1 oktabrgacha «Ochiq budjet» axborot portalidagi takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 2022 yildan ichki yo‘llarni ta’mirlashga ajratiladigan 50 foiz mablag‘ «Ochiq budjet» axborot portalida aholi ko‘p ovoz bergan hududlarga yo‘naltiriladi.

7 sentabr 2021, 08:51

Tashabbusli budjet bo‘yicha qator loyihalar jamoatchilikda shubhalarni keltirib chiqardi

Qariyb 900 ta loyiha tashabbusli budjet bo‘yicha ovoz berishda g‘olib deb topildi, biroq ularning ayrimlari jamoatchilikda savollar va manipulyatsiyaga yo‘l qo‘yilgan, degan shubhalarni keltirib chiqardi. Jumladan, Chilonzor tuman hokimligida oshxona qurish, sektor shtabini ta’mirlash va obodonlashtirish xizmati xodimlari uchun asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha loyihalar kam ovoz bilan g‘olib bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting