«o‘qituvchilar» tegli maqolalar


O‘qituvchilarning kambag‘allashib borishi va uning oqibatlari haqida
2 fevral 2022, 19:01

O‘qituvchilarning kambag‘allashib borishi va uning oqibatlari haqida

So‘nggi yillarda o‘qituvchilarning oylik maoshlari boshqa soha vakillarining oyligiga nisbatan sekinroq o‘sgan, natijada ta’lim sohasi vakillari jamiyatning boshqa vakillariga nisbatan kambag‘allashgan. «Gazeta.uz» kolumnisti, iqtisodchi Mirkomil Xolboyev o‘qituvchilarning real daromadlari qanday kamayib borganligi va buning oqibatlari haqida.

Kelgusi 5 yilda oliy toifali o‘qituvchi va shifokorlar maoshi ming dollarga yetkaziladi — prezident
10 noyabr 2021, 10:38

Kelgusi 5 yilda oliy toifali o‘qituvchi va shifokorlar maoshi ming dollarga yetkaziladi — prezident

2025 yilga borib, oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1ming dollarga yetkazish choralari ko‘riladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida. 2020 yilda xalq ta’limi tizimida 13407 nafar oliy toifali o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan edi, bu umumiy o‘qituvchilar sonining 2,8 foizdan kamini tashkil etadi. E’lon qilingan ko‘rsatkichga erishish uchun ularning ish haqini qariyb 3,5 barobarga oshirish kerak.

“Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman” — Shavkat Mirziyoyev
28 sentabr 2021, 15:21 1

“Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda, agar prezidentlikka saylansa, alohida ta’lim dasturi qabul qilinishini va’da qildi. “Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman”, — dedi u. Prezidentlikka nomzod tibbiyotda yangi tartibni joriy etish rejalari haqida ham gapirdi. Unga ko‘ra pul kasalxonalarga emas, balki bemorlarning o‘ziga ajratiladi.

Xalq ta’limi tizimiga qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi qaytdi
14 iyul 2021, 10:32

Xalq ta’limi tizimiga qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi qaytdi

O‘zbekistonda qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi xalq ta’limi tizimiga qaytdi. Shuningdek, o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar soni 64 ming 892 nafardan 46 ming 214 nafarga (30%ga) kamaygan.

AQSH O‘zbekistonga mingga yaqin tilshunos o‘qituvchilarni yuboradi
25 fevral 2021, 13:13

AQSH O‘zbekistonga mingga yaqin tilshunos o‘qituvchilarni yuboradi

Amerika Kengashlari tomonidan O‘zbekistonga ingliz tilini rivojlantirish uchun 1000 ga yaqin o‘qituvchilarning yuborilishi rejalashtirmoqda. 2022 yil oxirigacha respublika hududida ta’lim yarmarkasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, «English Speaking Nation» dasturi doirasida 15 mingdan ziyod o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Qashqadaryoda Islom Karimov byusti uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilayotgani rad etildi
25 yanvar 2021, 10:24

Qashqadaryoda Islom Karimov byusti uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilayotgani rad etildi

Qashqadaryo viloyatida Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun tashkilot va muassasalarga har biri 450 ming so‘mdan 200 ta byust tarqatilgani xabar qilindi. Viloyat XTV o‘qituvchilardan byustlar uchun pul yig‘ilganini rad etdi.

«Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, xalaqit qilmang!» Sherzod Shermatov hokimlarga murojaat qildi
5 noyabr 2020, 14:36

«Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, xalaqit qilmang!» Sherzod Shermatov hokimlarga murojaat qildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarining imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak. «Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang», — deya murojaat qildi Sherzod Shermatov hokimlarga.

O‘qituvchilar oyligi eng kam maosh miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi
24 oktabr 2020, 13:15

O‘qituvchilar oyligi eng kam maosh miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi

O‘qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi. Sinf rahbarligi uchun to‘lovlar esa 1,5 baravarga oshiriladi. Shuningdek, metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumon qilinmoqda
15 sentabr 2020, 22:48

Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumon qilinmoqda

Qashqadaryoda koronavirusga test topshirgan 855 nafar o‘qituvchi infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi va yana bir bor tekshiruvdan o‘tishi ma’lum qilindi.

O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi
22 iyul 2020, 11:37

O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslar BHMning 10 baravarigacha jarimaga tortiladi. Tegishli modda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida» gi kodeksiga kiritildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting