O‘qituvchini jamiyatda mavqeini oshirishga har tomonlama harakat qilinishi natijasida xalq ta’limi tizimiga qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi qaytdi, deya xabar bermoqda Xalq ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar soni 64 ming 892 nafardan 46 ming 214 nafarga (30%ga) kamaygan.

Foto: Xalq ta’lim vazirligi

Ma’lumotga ko‘ra, 2018−2019 yillarda O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi jami o‘qituvchilar soni 445 ming 638 nafarni tashkil etgan bo‘lsa (erkak o‘qituvchilar soni — 133 ming 207 nafar), 2019−2020 yilda o‘qituvchilar soni 481 ming 604 nafarni (erkak o‘qituvchilar soni — 148 ming 695 nafar) tashkil etgan.

2020−2021 yildan o‘qituvchilar soni 501 ming 044 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bunda erkak o‘qituvchilar soni 159 ming 104 nafarga yetgan.