«mushtum» tegli maqolalar


AQSh elchisi “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabrikladi
3 may 2023, 09:26

AQSh elchisi “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabrikladi

AQSh elchisi Jonatan Henik “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabriklash maqsadida jurnal tahririyatida bo‘ldi. U “Mushtum”ning muxlisi ekanini va elchixona jurnalga obuna bo‘lganini aytgan. “Elchining tashrifidan boshimiz osmonga yetdi”, — dedi jurnal bosh muharriri Nosirjon Toshmatov.

Kuyov monologi
28 fevral 2023, 21:00

Kuyov monologi

«Uylanishga sarf bo‘ladigan pulning hisobi chiqdi. Miqdorini aytmay, qo‘rqib ketasiz. Faqat bir narsani aytishim mumkin: hozir 25 daman. Sovxozda mexanizatorman, maoshim tuzuk. Tejamkorlik bilan jamg‘arsam, pulni to‘plash uchun yana 19 yil-u 9 oy kerak ekan […] Demak, 45 yoshimda nikoh to‘yimiz bo‘larkan».

Kelajakka maktub
28 fevral 2023, 13:40

Kelajakka maktub

«Oramizda bitta-yarimta shunaqa, yomon yaradek bema’ni odamlar ham bo‘lgan […] Xullas, sen tug‘ilguncha ana shunday oltinchi barmoqdek ortiqcha kishilarni oramizda qoldirmaslikka so‘z beramiz […] Bizdan va biz yashayotgan davrning eng yaxshi kishilaridan ulug‘ jamiyatning grajdanlariga salom ayt!»

Esizgina ko‘chatlar
27 fevral 2023, 19:39

Esizgina ko‘chatlar

«„Chilonzor-22 kvartal shu yermi? O‘tgan yili ham xuddi shu yerda ko‘chat ekayotganmidilaring? O‘sha ko‘chatlar qani?“ […] JEK olti yilda 69 mingdan ko‘proq daraxt ekkan. 80 foizi ko‘kardi, deb rayonga ma’lumot ham bergan, lekin yarmi ham qolgan emas. Shuncha daraxt ko‘karsa, hammayoq ko‘kalamzor bo‘lib ketmasmidi».

Benzin bozori
26 fevral 2023, 18:03

Benzin bozori

«Ikki barmoq 72-benzinni, olti barmoq esa 66-benzinni anglatarkan… Bu yer har xil markali mashinalar bilan to‘lib ketgan… Benzinfurushlar o‘z «govmushlari»ni sog‘ib sotayotgandek bemalol yurishibdi… Eng yomoni, davlatning ming-ming tonnalab yoqilg‘isi shu xil yo‘llar bilan suv bo‘lib ketyapti».

Bo‘yoqli suvlar
25 fevral 2023, 15:19

Bo‘yoqli suvlar

“Toshkentdagi ko‘pgina ariqlarda bir vaqtlar baliq va turli jonivorlar bo‘lardi. Hozir ko‘plarida hatto qurbaqaning ham ovozi eshitilmay qolgan. […] Xayriyatki, oqar suvlarning tillari yo‘q, aks holda: Ho‘v, noinsoflar! Obi hayotni iflos qilib koni zararga aylantirgani uyalmaysizlarmi?! — deb bong urardi”.

Ismbuzarlar
22 fevral 2023, 20:24

Ismbuzarlar

«Ma’lum bo‘lishicha, ZAGS va militsiya bo‘limlarining pasport stollarida ishlovchi savodi g‘ovlab ketgan ayrim xodimlari metrika va pasportlarda o‘zbekcha to‘ldiriladigan joylarni ruscha yoki butunlay savodsizlarcha to‘ldirib, qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarar ekanlar».

«Jurnal har doim jamiyat illatlari va hukumat kamchiliklarini olib chiqqan» — «Mushtum» bosh muharriri
22 fevral 2023, 19:21

«Jurnal har doim jamiyat illatlari va hukumat kamchiliklarini olib chiqqan» — «Mushtum» bosh muharriri

«Bu jurnal millat mulki, 100 yildan beri nomi o‘zgarmay kelayotgan noyob tarix», — deydi 2007 yildan buyon «Mushtum»ga bosh muharrirlik qilayotgan Nosirjon Toshmatov. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida hozirgi rahbarlarning jurnalga munosabati va 100 yillik to‘yni qanday tasavvur qilgani haqida gapirdi.

Yig‘indi gaplar
20 fevral 2023, 17:24

Yig‘indi gaplar

“Darhaqiqat, mamlakatda islohotga muhtoj masalalar ko‘bdir. Masalan, kattalarga aql va basirat islohoti, […] yoshlarg‘a axloq va kiyim, xotinlarga jabru zulm, domlalarg‘a din va salla, […] va hokazo islohotlarga nihoyat darajada ehtiyoj ko‘bdir”.

“Mushtum” ta’rifida
19 fevral 2023, 19:12

“Mushtum” ta’rifida

“Bu „Mushtum“ — zo‘rliq mushtumi emas, haqliq mushtumidir; bu „Mushtum“ — zolimlar mushtumi emas, mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir… Tumshug‘ingiz ustiga yangi mehmon muborak bo‘lsin, afandilar!..”

“Mushtum” medallari: Ikkiyuzlamachiga, safsatabozga, sansalorchiga va boshqalarga
18 fevral 2023, 23:20

“Mushtum” medallari: Ikkiyuzlamachiga, safsatabozga, sansalorchiga va boshqalarga

100 yoshga to‘lgan “Mushtum"ning ko‘plab adabiy qahramonlari, doimiy ruknlari bor. ““Mushtum” medallari” — shunday ruknlardan biri. “Gazeta.uz” 1972 yilda jurnalning 15 ta soni davomida e’lon qilingan “medallar"ni bir sahifaga jamladi. Bu “medallar"ga loyiqlar hali ham oramizda bo‘lishi mumkin.

100 yoshga to‘lgan «Mushtum»ning karikaturalari
18 fevral 2023, 22:10

100 yoshga to‘lgan «Mushtum»ning karikaturalari

100 yil avval — 1923 yil 18 fevralida Qodiriy asos solgan «Mushtum»ning ilk soni chiqqan. Tanqidiy hajviyalar istalgan nashrda chiqishi mumkin, ammo bu jurnalni ajratib turuvchi jihat — uning o‘tkir karikaturalari edi. «Gazeta.uz» «Mushtum»da chiqqan hajv-suratlar to‘plamini e’tiboringizga havola qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting