Abdulla Qodiriyni «o‘zbek romanchiligining asoschisi» deb ulug‘laydilar. Qodiriyning millat oldidagi xizmatlari faqat «O‘tkan kunlar» yoki «Mehrobdan chayon» romanlarini yozish bilan kifoyalanib qolmagan, albatta. Bundan roppa-rosa bir asr muqaddam — 1923 yilning 18 fevral kuni «Mushtum» jurnalining birinchi soni bosmadan chiqqan edi. 100 yil o‘tsa hamki «O‘zbekistonning yagona hajv jurnali» maqomini o‘zida saqlab turgan bu nashrning asoschisi ham Abdulla Qodiriydir.
Bu 100 yilda O‘zbekistonda o‘zgarmagan hech narsa qolmadi. Jurnal chiqa boshlagan vaqtda hozirgi O‘zbekiston o‘rnida Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalari mavjud edi. Keyinchalik ular nomi O‘zbekiston bo‘lgan yangi davlatga birlashdi — «Mushtum» chiqayotgan mamlakatning nomi o‘zgardi, lekin «Mushtum»ning o‘zi o‘zgarmadi. Nafaqat nomi, balki g‘oyasi, yo‘nalishi ham, deyish mumkin — u hali ham jamiyatdagi illatlarga mushtini ko‘rsatib, ular ustidan kuladi.
Bu kulgi, bu hajviyotning eng o‘tkir qismi, albatta, karikaturalardir. «Mushtum»ning 100 yillik to‘yi munosabati bilan «Gazeta.uz» turli yillarda jurnalda e’lon qilingan karikaturalar to‘plamini e’tiboringizga havola qiladi. Ular orasida 90 yil avval, 60 yil avval, 30 yil avval chizilganlari bor, ammo, nazarimizda, hali ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Ushbu to‘plamni tayyorlashda ko‘rsatgan yordami uchun «Mushtum» jurnali tahririyatiga va O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Anomal qish
1953 yil
1983 yil
1974 yil
Nobop yo‘llar va tirbandliklar
1968 yil
1992 yil
1968 yil
1960 yil
1976 yil
1968 yil
Amaldorlar, byurokratiya, populizm
1990 yil
1990 yil
1990 yil
1953 yil
1953 yil
1974 yil
1968 yil
1968 yil
1976 yil
«Ma’naviyat»
1968 yil
2013 yil
Majlisbozlik
1990 yil
1973 yil
1963 yil
Shahar muammolari
1960 yil
1960 yil
1975 yil
1973 yil
1953 yil
Ko‘zbo‘yamachilik
1933 yil
1933 yil
1973 yil
Shahar jamoat transporti muammolari
1968 yil
1983 yil
1972 yil
1968 yil
Tanish-bilishchilik, poraxo‘rlik, korrupsiya
1975 yil
1963 yil
1973 yil
1993 yil
1983 yil
2016 yil
1990 yil
Oilaviy masalalar va qaynona-kelin mojarolari
1976 yil
1983 yil
1976 yil
1983 yil
1993 yil
Ekologiya
1968 yil
1992 yil
O‘zbekiston
1990 yil
1990 yil
1992 yil
1992 yil
1992 yil
Hay, hay, nima gap? «Mushtum»ni o‘qishga shoshilyapmiz!
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
1933 yil