Sud Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga binoan Farhod Mannopov operatsiya qilingan va keyinchalik vafot etgan Star Med Center xususiy klinikasi litsenziyasini bekor qildi.
O‘zbekiston Markaziy banki ikkita yangi bank — Apex Bank va Hayot Bank`ni ro‘yxatdan o‘tkazdi hamda ularga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berdi.
Xonanda Kaniza Ahmedova «axloqsiz» videolari uchun litsenziyasidan bir oyga mahrum qilindi. Uning aytishicha, tanqidlarga sabab bo‘lgan videoda qo‘shiqchi «ishtonsiz» bo‘lmagan, balki odamning teri rangidagi shim kiygan. U «O‘zbekkonsert»ni tanqid qilib, madaniyat vazirining «saroyiga» tashrif buyurishini aytgan.
Markaziy bankning 7 oktabrdagi tegishli qarorlari bilan «Turkiston» va Hi-tech bank`dan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar chaqirib olindi. Shuningdek, banklarni tugatish komissiyasi tarkibi tayinlandi. Omonatchilarining barcha mablag‘lari 2 oydan so‘ng to‘liq qaytariladi.
Hukumat qarori bilan 1-yanvardan advokatlik faoliyati maxsus elektron tizim orqali litsenziyalanadi. Talabgor yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik, advokatlik tuzilmasida esa 3 oylik tajribaga ega bo‘lishi kerak. Malaka imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tganlarga cheklanmagan muddatga litsenziya beriladi.
1 iyuldan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim talab va shartlari bekor qilinmoqda. Jumladan, xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda ishlash uchun O‘zbekiston hududida tasdiqnoma olish shart bo‘lmaydi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, elektromobilda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanganlarni 2040 yilgacha litsenziya to‘lovlari va yig‘imlaridan ozod qilish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, elektromobil haydovchilari munitsipal avtoturargohlardan bepul foydalanishi mumkin. Avtoturargohlarga elektomobillarni tezkor quvvatlantiruvchi stansiyalar o‘rnatish taklifi ham bildirilmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi BHMning 8500 baravari miqdoridagi — 2,3 mlrd so‘m zaxira mablag‘larini to‘ldirmaganligi sababli uchta xususiy bandlik agentligi litsenziyasini vaqtincha to‘xtatdi.
«Taksi"lar faoliyatini litsenziyalashda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda? Jismoniy shaxslar ham endilikda litsenziyasiz qonuniy faoliyat olib borsa bo‘ladimi? Yuridik shaxslar uchun litsenziya olishda qanday yengilliklar joriy etilmoqda — huquqshunos Dilshod Shodiyev maqolasida.
Markaziy bank O‘zbekistondagi ilk raqamli bankni — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazib, unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 ta litsenziya va 35 ta ruxsatnoma bekor qilinib, 115 ta litsenziya va ruxsatnomani olish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Vakolatli organlarga litsenziya berishda ayrim harakatlarni amalga oshirish taqiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting