O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi Toshkentda Anor Bank aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar berdi moliyaviy regulyator matbuot xizmati.

Mazkur bankka dastlabki ruxsatnoma mart oyi boshida Markaziy bank tomonidan berilgandi. Shunday qilib, Anor Bank mamlakatdagi birinchi raqamli bank sifatida tarixga kirdi. Xabarda bank ta’sischilari haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yildagi qarori bilan Markaziy bankka normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘siqlarni bartaraf etish va sharoit yaratish, shu jumladan chakana xizmatlarga ixtisoslashgan «raqamli» banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish topshirig‘i berilgan edi.