O‘zbekiston media maydoni yana jo‘shdi. Yana minbarlardan aybdorlarni jazolashga chaqiruvchi g‘azabnok ovozlar yangraydi. Ammo tez orada hammasi — yangi inqirozgacha unutiladi. Xorazmlik amaldorlarning qizlarni zo‘rlagani nosoz tizimning yorqin namunasidir, deb yozadi “Gazeta.uz” kolumnisti Yuriy Saruxanyan.
“Yuksalish” harakati “Mamlakatni uzoq muddat boshqargan lider-reformatorlar” sarlavhasi ostida infografika e’lon qildi. Ayrim siyosatchilarning mazkur ro‘yxatga kiritilishi savollarni tug‘diryapti, deb yozmoqda kolumnist Komil Jalilov.
Davlat organlarining 18 turdagi ma’lumotnomalarni so‘rashi bekor qilinishi har yili qariyb 15 mln dollarni tejaydi va 12 mlndan ortiq fuqaroni byurokratiyadan xalos qiladi, dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Gaagadagi forumda. U O‘zbekistondagi islohotlarning «muvaffaqiyat uchburchagi» haqida gapirdi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev islohotlar buyruq bilan muvafaqiyatli amalga oshirilishi mushkulligi va tub o‘zgarishlar aholi ularni chuqur va to‘la anglashiga bog‘liqligini ta’kidladi. «Taraqqiyotni ta’minlovchi tizimli mexanizmlar ichida eng muhimi — hokimiyatning uch tarmog‘i o‘rtasida bir-birini tiyib turish tizimini takomillashtirishdan iborat», — dedi u. Senator shuningdek, davlat hokimiyatining aholi oldida javobgarligini ta’minlash zarurligini qayd etdi.
Moliya vazirligi bug‘doy ishlab chiqarishdagi islohotlar, ya’ni bug‘doy narxini erkinlashtirish ortidan un va non narxlarining sezilarli o‘zgarishini kutmayapti. Moliya vazirligi departament direktori To‘lqin Mirzayevning ta’kidlashicha, bugungi kunda bug‘doy va un bozorining 70−80 foizi bozor narxlarida shakllanmoqda. Qolaversa, davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda.
Iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, iqtisodiy qoloqlik va imkoniyatlar tengsizligi kelajakda O‘zbekiston tinchligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. «Bizning iqtisodiy darajamizda bizdek tinch mamlakatlar deyarli yo‘q, bizning daromadlarimiz ancha „xavfli“ chegarada», — deydi u. Shuningdek, u afg‘onistonlik yuqori malakali kadrlarni O‘zbekistonga olib kelib, boshpana berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni ham taklif qildi.
Nima uchun yaxshi g‘oyalar, to‘g‘ri siyosat va iqtisodiy o‘sish doimo birga yuradi? Erkinlik bo‘lmagan, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinadigan va sust iqtisodiy o‘sish sharoitida taraqqiyotga erishib bo‘ladimi? Iqtisodchi Behzod Xoshimov birinchi qarashda ahamiyatsiz hisoblangan noto‘g‘ri qarorlar qanday qilib jamiyatni “g‘oyalar tuzog‘iga” tushirib qo‘yishi mumkinligi haqida mulohaza qiladi.
Alisher Usmonov fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda sovet ittifoqidan so‘ng bo‘lgan turg‘unlikdan keyin endi haqiqiy iqtisodiy islohotlar boshlandi. «Ushbu islohotlarning tashabbuskori, birinchi navbatda, o‘z aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha boshqaruvni olgan davlat rahbari hisoblanadi», — dedi u Shavkat Mirziyoyev haqida.
Shavkat Mirziyoyev mahalla raislarini yoshlar orasidan saylashni taklif etdi. Bundan tashqari, prezident Namangan shahri to‘rtta sektor rahbarining taqdiri majlisdan so‘ng, mahallalarni aylanish vaqtida hal bo‘lishini aytdi. «Moshinaga o‘tirib, o‘zim xohlagan mahallaga boraman. Shunga qarab shaharning 4 ta sektor rahbari masalasi hal bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.
Bugungi kunda davlat har qachongidan ham mustaqil ekspertiza va diagnostikaga muhtoj. Bu vaqtni, pulni tejashga, strategik va taktik xatolarni minimallashtirishga yordam beradi. Rivojlangan mamlakatlarda bunday ekspert tahlillari think tanks yoki «aql markazlari» tomonidan taqdim etiladi. O‘zbekistonda ularning rivojlanishiga nima to‘sqinlik qilayotganligini TDPU rektori Alisher Umarov, TDPU kafedra mudiri Valeriy Xan va Madaniyat vazirligi bosh mutaxassisi Gulasalxon Saidmavlonova muhokama qilishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan islohotlar dasturi yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting