19 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chaqrabarti ishtirokida O‘zbekistonda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xususan, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va boshqaruv kadrlari sifatini tubdan oshirish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Prezident maslahatchisi Suma Chakrabarti. Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, sentyabrda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.